Qalam surma bu nav’ afsonalargʻa,
Agarchi yoʻq qalam devonalargʻa.
Junundin soʻzga bir dam boʻlmay ogoh,
Gar ortuq soʻz dedim: astagʻfirulloh.
Ilohiy, boqmagʻil majnunlugʻumgʻa,
Karamdin chora qil mahzunlugʻumgʻa.
Yuzum sargʻortibon nomam qarosi,
Qarortib nomani xomam qarosi.
Inoyat aynidin xomam sari boq,
Qizil ayla yuzum, nomamni ham oq.
Yuzum lutfung suyidin toza qilgʻil,
Soʻzum koʻsin baland ovoza qilgʻil.
Mayi nutqum tarabxez ayla, yo Rab,
Nayi kilkim shakarrez ayla, yo Rab.
Ketur ilgimga dogʻi jomi tavfiq,
Yetur koʻnglumga dogʻi rohi tahqiq.
Soʻzum roh)in qilib ravshan safodin,
Shafoat jomi yetkur Mustafo
(2)
din.
[IV] Ul quyosh ruxsori vasfidakim, tun kibi gisu quyoshigʻa soya soldi va Vashshams bila Vallayl
(1)
surasini aning yuz quyoshi bila zulfi tuniga oʻxshatilgʻonidin har biri bir biyik poya oldi, agarchi
ul quyoshqa soya yoʻq erdi va ul kechaga manzil oʻuyosh ustida-oʻq erdi. «Va sallalalohu alo
shamsi jamolihi va zilli kamolihi»
(2)
Muhammad «kofu», «nun»
(3)
gʻa qurratul-ayn
(4)
Tufayli kavn oʻlub, yoʻq-yoʻqki, kavnayn
(5)
.
Nubuvvat kishvarining taxtgiri,
Risolat taxtining sohib sariri.
Saririgʻa toʻquz aflok oʻlub farsh,
Toʻquz aflokni qoʻygʻil, degil Arsh
(6)
.
Solib ham Arshu ham Kursiy
(7)
ga soya,
Boʻlub Kursiy aning taxtigʻa roya.
Dema soya, degilkim zilli ra’fat,
Ne zillu qaysi ra’fat, nuri rahmat.
Chu ul Haq zilli boʻlmoq roya torti,
Qachon soya, oʻziga soya torti.
Yuzi gisuni chun riroya aylab,
Ul oqshom kun yuziga soya aylab.
Ayogʻin oʻrgali gar tushti gisu,
Boʻlur doim charogʻ osti qarongʻu.
Muanbar zulfidek kam soya boʻlgʻay
Ki, ul xurshedgʻa hamsoya boʻlgʻay.
Gul uzra sunbuli ochmoq ajabdur,
Quyoshqa soya chirmoshmoq ajabdur.
Chu aylab halqalar ul zulf raydo,
Boʻlub mehr uzra kavkablar huvaydo.
Vayo ul Mushaf
(8)
uzra kilki taqdir,
Qilib Arsh oʻrnigʻa anjumni tahrir.
Emas mehr uzra kavkab – qil taammul,
Yuzi gulzori ochmish har taraf gul.