Ishi majnun kibi band ichra topok,
Agar doya yumay jismini – nopok.
Ne man’i nola gʻavgʻosigʻa oning,
Ne satri avrat a’zosigʻa oning.
Necha yil ranju mehnat sondin ortuq,
Ne deykim, har ne desam ondin ortuq.
Bu san’atlar qilib olamgʻa sotting
Kim, oni odami xayligʻa qotting.
Bu yerga tegrukim boʻldi shumori,
Anga yoʻq erdi hech ish ixtiyori.
Bu holat ichra tutmay oni ma’zur,
Yana qilding necha amringgʻa ma’mur.
Bu ishdur turfakim egriyu gar rost,
Qoʻya olmas qadam boʻlmay sanga xost
Ki, gar egriyu gar rost kilki taqdir,
Azalda aylamish olligʻa tahrir.
Sanga ul kotib ilgida qalamdek,
Qalam noʻgi aro balkim raqamdek.
Raqam chekmakka kotib yoʻnsa xoma,
Oʻshul damkim qilur tahriri noma.
Shuuri bormu ilgida qalamning,
Va yo ul xoma noʻgida raqamning.
Gar ul tahrir xatdur, gar nuqatdur,
Bilur kotibki tuzdur yo gʻalatdur.
Shuuri yoʻqlugʻi basdur guvohi
Ki, bu ishda qalamning yoʻq gunohi.
Anga bas yoʻq edi bu benavoligʻ,
Qalamdek sarnigunluq yuz qaroligʻ
Ki, har qilgʻongʻa hujjat ham tutarsen,
Bu hujjat ichra diqqat ham tutarsen.
BErursen goh anga doʻzax bila bim,
Qilursen goh jismin oʻtqa taslim.
Bu soʻzni tutmasang, yo Rab, musallam,
Yana bor turfaroq mundin soʻzum ham.
Azal subhida malhuzungni keltur!
Arogʻa «Lavhi mahfuz»ungni keltur!
Ne qilgʻon ish gar ermas anda maktub,
Nekim qilsang erur adlinggʻa mahsub.
Va gar ul lavh uza boʻlsa muharrar,
Azal taqsimidin boʻldi muqarrar.
Ne dersen bas bu jam’i benavogʻa!
Gunohe qilmayin qolgʻon balogʻa!
Navoiy, xomadek tortib uzun til,
Ne dersen, oxir oʻz haddingni bilgil!
Dame yoʻq yova ayturdin qaroring,
Junun ilgingdin olmish ixtiyoring.
Junun zanjirigʻa robastsenmugʻ
Agar majnun emassen, mastsenmugʻ
Necha devonaligʻ Farhod yangligʻ,
Chekib til teshai roʻlod yangligʻ.
Qaro tilni demakdin bir zamon chek,
Desangkim bormagʻay boshing qalamtek.