Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Sifoti aql shaxsigʻa solib rech,  
Chu zotin fikr etib topib oʻzin hech.  
Qilib chun barq zotin mazhari kul,  
Jahoni aql xoshoki boʻlub kul.  
Fano toʻfoni eltib borin oning,  
Jahonda qoʻymayin osorin oning.  
Shuhudi aql darkidin mubarro,  
Vujudi dark shu’bidin muarro.  
Nishoni benishonliqdin yiroqroq,  
Makoni bemakonliqdin qiroqroq.  
Azaldin behad oshib ibtidosi,  
Abaddin asru toshib intihosi.  
Damekim qahri oʻti tutmay orom,  
Yerib koʻk oʻylakim bir qoʻrgʻoshun xom.  
Gahekim ilm daryosi topib mavj,  
Yeti qot yer tubi qolib toʻquz avj.  
Qazo Farhodi
(5)
 amri rahnamuni,  
Zabun ollinda gardun Besutuni.  
Yeturgonga balo togʻida bedod,  
Laqab aylab zamona ichra Farhod.  
Ani gʻam togʻida ovora aylab,  
Qiyoni teshasidin rora aylab.  
Necha boʻlsa Xito
(6)
 mulkida xoqon,  
Solib biymi aning bagʻri aro qon.  
Badan mulkin qilib alqissa ma’mur,  
Vaziri aql Mulkorosi
(7)
 ma’mur.  
Koʻngul qasrigʻa boʻlgʻoch naqshrardoz,  
Qilibon korgohi Monuviysoz
(8)
.  
Qilib hikmat xirad Suqroti
(9)
 qismi,  
Yasab jon ganjiga raykar tilismi.  
Ne mahvash husnigʻakim berdi tazyin,  
Ani aylab jahon ahligʻa Shirin
(10)
.  
Chu aylab gʻamzasi jonlargʻa toroj,  
Qilib vasligʻa xusravlarni
(11)
 muhtoj.  
Shafaq Gulgunigʻa xurshed etib rang,  
Yana jul charxi atlas, Kahkashon tang.  
Kecha Shabdezin
(12)
 aylab tangbasta,  
Yangi oydin qilib satligʻa dasta.  
Qadar Shorurin
(13)
 anjumdin sadafkor,  
Anga charxu shafaq shingarfu zangor.  
Ajal Sheruyasi
(14)
 tigʻin qilib tez,  
Qatili yuz tuman andoqki Rarvez.  
Nikisoyi
(15)
 zamongʻa chun berib soz,  
Zamona ahlin aylab ayshrardoz.  
Chu tortib Zuhra
(16)
 lahni Borbadni
(17)
,  
Olib Bahromvashlardin
(18)
 xiradni.  
Oʻkush Farhodu Shirin aylasang jam  
Shabistonida bir rarvonau sham’,  
Va gar ming Besutundek
(19)
 qilsang idpok,  
Yoʻlida bir kesak, bal bir ovuch xok.  
Solib chun qahr istigʻnosi rartav,  
Kelib kam zarralardin dogʻi Xusrav.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin