Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
122 
library.ziyonet.uz/ 
 

Bu bob Sulton Husayn Boyqaro madhiga bagʻishlanadi. 
 
1. Shoh Gʻoziy – bu yerda Sulton Husayn Boyqaro (1438–1506)ning laqabi, boshqa 
hukmdorlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. 1469 y.dan umri oxiriga qadar Xurosonda hukmronlnk 
qilgan Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning maktabdosh doʻsti edi. U «Husayniy» taxallusi bilan 
she’rlar yozgan, sohibi devon shoir ham boʻlgan. Husayn Boyqaro qalamiga nasriy «Risolai 
Husayn Boyqaro» ham mansub. Unda Husayn Boyqaro Navoiyning lirik she’riyatiga va 
«Xamsa»siga yuksak baho beradi, shunday ulkan san’atkor, ulugʻ inson bilan bir davr, bir 
davlatda yashash baxtiga musharrafligidan, ayniqsa u bilan doʻst boʻlganligidan shukronalar 
aytadi. Navoiy ham oʻzining «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lugʻatayn» va devonlari 
debochalarida Husayn Boyqaro ijodini, uning oʻzbek tili va she’riyati ravnaqiga qaratilgan 
faoliyatini alohida ta’kidlab oʻtadi. 
 
2. Haydar – ayn. sher demakdir; paygʻambarning kuyovi Alining laqabi. Shoir bu yerda jang 
maydonida Husayn Boyqaronn sherga oʻxshatmoqda. 
 
3. Jamshid – Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol-aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan 
binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik nima, oʻlim nima 
bilmagan emish. Bunda kibr-havoga berilib ketgan Jamshidni jazolash uchun xudo istilochi 
Zahhokni yuborgan, u Jamshidnn arra bilai ikki boʻlib tashlagan emish. Badiiy adabiyotda 
koʻpincha Jamshidning sehrli jomi qalamga olinadi. Goʻyo unda Jamshid oʻz zamonida istagan 
odam va joylarni koʻra bilar ekan. Navoiy Husayn Boyqaroni ana shu Jamshid taxtiga oʻtirgan 
deb ta’riflamoqda. 
 
4. Kayon – qadim afsonaviy Eron shohlari sulolasining umumiy nomi. Firdavsiy 
«Shohnomasi»da qalamga olingan Kayumars, Kayqubod, Kaykovus, Kayxusrav kabi shohlar 
shu sulolaga mansubdir. Shoir Husayn Boyqaroni ana shundagi oliy nasab shohlarniig jomidan 
may ichgan, – deyish bilan uning oliy nasabiga ishora qilmoqda. 
XI 
Bob Husayn Boyqaroning oʻgʻli Badiuzzamon Mirzo madhiga bagʻishlanadi. 
 
1. «Xalladallohu mulkahu va abbada davlatahu» – «Xudo mulkini va davlatini abadiy qilsin» 
(Shoh ismidan keyin aytiladigan yoki yoziladigan ibora). 
 
Badiuzzamon Mirzo – Husayn Boyqaroning katta oʻgʻli. Otasi oʻlgandan keyin (1506) Xuroson 
taxtiga oʻtiradi va Shayboniyxon kelganda unga qarshi urushda magʻlubiyatga uchrab (1507 y. 
20 may), Shoh Ismoil safaviy huzuriga qochadi. Usmonli turk sultoni Sulton Salim Shoh Ismoil 
bilan urushib Tabrizni ishgʻol qilgach (1514), Badiuzzamonni Istanbulga olib ketadi, U yerda 
koʻp oʻtmay Badiuzzamon vabo kasalidan vafot etadi. Qabri Ayyub Ansoriy qabristonida. 
 
Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bogʻlagan edi. U bilan Sulton orasida nizolar paydo 
boʻlganida Navoiy ularni murosaga keltirish uchun, oʻgʻilning ota izmida boʻlishi uchun tinmay 
harakatlar qilgan edi. Navoiyning «Munshaot» tarkibidagi qator maktublari, dostonlaridagi 
bagʻishlovlar bu fikrga dalildir. 
 
2. ―Nasrun minalloh‖ – arabcha: yordam Ollohdandir. 
 
3. Birjis (Burjis) – Mushtariy – Yupiter sayyorasi. Bu baytda shoir shahzodani ta’riflab, uning 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin