yuzini quyoshga, yuzidagi terlarni Zuhra va Mushtariylarga nisbat beradi.
4. Bogʻi nav – Hirot atrofidagi goʻzal bogʻlardan biri.
XII Bu bob sarlavhasida Chin xoqonining ta’rifi beriladi, uning befarzand ekani va Farhodning
tugʻilishi haqida soʻz ketishi bayon etiladi.
1. Adam shabistonidin vujud gulshanigʻa kelgani – aynan: yoʻqlik qorongʻi kechasidan borliq
gulshaniga kelishi, ya’ni dunyoga kelishi, tugʻilishi.
2. Afridun – Faridun – qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning
«Tarixi muluki Ajamda yozishicha, ba’zi manbalarda uni Jamshid nabirasi, boshqalarida esa
Taxmuras (Jamshidning aka yoki ukasi) avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxoʻr
shoh Zahhokka qarshi temirchi Kova – Kovai ohangar isyoniga qoʻshilib Zahhokni oʻldiradi.
Navoiy Faridunni «yaxshi axloqli va odil» edi deb ta’riflaydi. Faridun oʻzining xazina – boyligi
bilan mashhur. Bu yerda shoir Farhodning otasi Chin xoqoni fazilatlarini Faridunga oʻxshatadi.
3. Qorun – nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u oʻta xasis boʻlgan emish. Diniy
rivoyatlarga koʻra, u Muso paygʻambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun
boyligi, xazina, saroylari bilan yer qa’riga kiritib yuborgan emish. Badiiy adabiyotda Qorun
davlatmandlik va xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan
yuz ming marta ortiq edi, deb ta’riflanadi.
4. Kishvardih – aynan: mamlakat beruvchi. Bu bayt mazmunida «qaram», «tobe» ma’nosida
keladi.
5. Kishvarsiton – aynan: mamlakat oluvchi. Bu yerda «hukmdor» ma’nosini anglatadi.
6. Bu va keyingi baytda shoir obrazli qilib: – davron xoqon barmogʻiga shunday bir uzuk taqdiki,
bu uzukning koʻzida otashin la’l parchasi yonib turgandek edi. Uning yuzida ishq sirlari
yozilgan, ichida esa dard, alamlar tumori oʻyib bitilgan edi, – deydi. Navoiy shunday qilib,
Farhodning dunyoga kelishidayoq uni ishq nuri va otashi bilan yoʻgʻrilgan, ana shu ishq
iztiroblariga mahkum etilgan edi, deya oʻquvchilarini ogohlantirib oʻtadi.
7. Siyovush – qadimgi afsonaviy qahramon, Eron shohi Kaykovusning oʻgʻli. Firdavsiyning
«Shohnoma»sida yozilishicha, uni pahlavon Rustam tarbiyalagan. Siyovushga oʻgay onasi
Sudoba oshiq boʻlpb qoladi. Siyovush uni rad etganda Sudoba tuxmat qiladi. Otashparast (oʻtga,
olovga tolpinuvchilar) odatiga koʻra, Siyovushning otasi uning pokligini isbotlash uchun oti
bilan gulxandan oʻtkazadi. Shu ondayoq alanga gulshanga aylanadi. Siyovush Turonga, uning
podshohi Afrosiyob panohiga qochadi. Afrosiyob qizi Farangizni berib, Siyovushni oʻziga kuyov
qilib oladi, lekin keyichalik saroydagi fitnalar natijasida undan badgumon boʻlib, boshinn
kestiradi. Sharq pozziyasida «Siyovush qoni» tushunchasi juda koʻp uchrab turadi. Bu baytda
shoir Farhodning pokligi, dard elining shohi ekanligini ta’kidlash uchun goʻyo uni Siyovushning
oʻt ichida sayr qilib yurganida tugʻgan farzandidek, deb ta’riflaydi.
XIII Bu bob sarlavhasida Farhodning dunyoga kelgach, chehrasida muhabbat izlari namoyonligi,
koʻngli esa gʻamu dardlarga toʻla ekanligi, u shijoat bilan yigitlik mashqlarini oʻrganganligi
bayon etiladi.