Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
126 
library.ziyonet.uz/ 
 
6. Koʻhi-Qofi – butun yer yuzini oʻrab turadigan afsonaviy togʻning nomi. 
 
7. Shoir bu va keyingi baytlarda Farhodning Qoranning san’atiga qoyil qolib, uning tesha va 
toshga pardoz beruvchi metini nima sababdan hech bir zarar topmay osonlikcha toshlarni yoʻnib, 
oʻyib gul va naqshlar solayotgani haqidagi savoliga Qoranning bergan javobini bayon etadi. 
Hamma gap ularni yasashda suv berishga bogʻliq ekan, bu sirni esa dono usta hech kimga oshkor 
qilmas ekan. Farhod katta ishtiyoq va zavq bilan Qoran san’atini kuzatib turib oʻrganib oladi 
hamda oʻzi uning yonida astoydil ishga tushib ketadi. 
XVI 
Bu bob sarlavhasida Farhodning Qorandan toshyoʻnarlik, Moniydan naqqoshlikni, boshqa hunar 
va san’atlarni butun nozikliklari bilan oʻrgangani, toʻrt qasr qurilishi tugallanib, ularda Xoqon 
Farhod uchun bazmlar tuzgani haqida soʻz ketadi. 
 
1. Bu va avvalgi baytning mazmuni zilzila paytida togʻ ostin-ustun boʻlib ketganidek, tun 
qorongʻuligi chekinganida, qizil quyosh togʻ ustida taxt qurdi. Subh – tong falakni marmarrang 
qildi. Quyosh osmon choʻqqisiga koʻtarilganda tomosha qilgani Jamshid (shoir Farhodni koʻzda 
tutadi) otlandi, ya’ni ertalab tong otgach, Farhod (yana Qoran san’atini koʻrgani) qurilishga 
otlandi. 
 
2. Bu bayt mazmunidan: Farhod tosh yoʻnish san’atini shu qadar egallab oladiki, yuzta Qoran 
uning qoshida shogirddek tuyilardi, – degan ma’no anglashiladi. 
 
3. Qalamzan – naqqosh Moniy koʻzda tutiladi. 
 
4. Korfarmo – aynan: ish buyuruvchi; bu yerda Farhod koʻzda tutiladi. 
 
5. Navoiy har bir qasr bogʻida bir havz (hovuz) bunyod etilgani, ular har faslga monand qilib 
bezaklanganini yozadi. 
 
6. Bayt ul-haram – aynan: xos uy, oʻz ahli boʻlmagan kishilar kiritilmaydigan ichkari hovli; maj. 
Ka’ba. Bu yerda qasr Ka’badek pokiza va goʻzal demoqchi shoir. 
 
7. Ma’kulu mashrub – arabcha: yeyiladigan, ichiladigan (ya’ni yemish va ichmish) ma’nosida. 
XVII 
Bu bobda Farhodning toʻrt faslda toʻrt qasrda tuzilgan bazmlarda aslo koʻngli ochilmagani, 
Xoqonning unga iloj qila olmagani bayon etiladi. 
 
1. Bu baytda obrazli qilib kunduz va kechaning barobar kelishi, Navroʻz bayrami kunlariga 
ishora qilinadi. 
 
2. Shoir bu baytda uning mazmunini toʻlaroq va latofatliroq ochish uchun «gulnor‖ soʻzining 
ikki mazmuni, ya’ni anor gul va arabcha «nor» – oʻt, olov soʻzi birikmasidagi «oʻtli gul» 
ma’nosidan gʻoyat oʻrinli foydalangan. Bu san’atni Sharq she’riyatida «iyhom» deb ataladi. 
 
3. Bu va keyingi baytda shoir daraxtni tovusga, yaproqlarni esa toʻtining patiga oʻxshatadi, ba’zi 
yaproqlar qushning qovursun degan mayda patchalari obkash – eng ingichka tomirlardan suv 
shimsa, boshqasi Xizrga oʻxshash yashil rangli shohlik tojini boshi uzra qoʻyganligini ta’riflaydi. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin