Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
127 
library.ziyonet.uz/ 
 
4. Baytning mazmuni: noranj daraxti (ya’ni apel'sin daraxti) oltindan xazina yaratib (ya’ni oltin 
rang mevalar solib), bargidan sariq libos kiygan edi. 
 
5. Bayt mazmuni: shamol suv ichida oltin sochuvchilik qildi, (ya’ni) suv yuziga sargʻaygan 
xazon toʻkdi. 
 
6. Bu bayt mazmuni: xazon naqqoshi bogʻ sahnini oltin bilan qoplash (zarhal qilish) uchun 
bogʻdagi (daraxtlarning) barglarini zarga aylantirar (ya’ni xazon qilar) edi. 
 
7. Bu va keyingi 5 baytda Navoiy qish faslining gʻoyat goʻzal tasvirini beradi. Baytlar mazmuni: 
yel daraxtlar bargshsh sovurgach, sovuq suv simobini marmarga aylantirdi. Havo ham bulutdan 
kulrang poʻstin kiydi, bulut ham havoga simob sochdi. Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv 
bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning zoʻridan 
olamga marvarid donalari boʻlib yogʻilar edi. Ariqning suv olinadigan joyi halqumday boʻlib, 
sovuq uning ogʻzidan toʻkilgan soʻlakayini xanjarga aylantirdi. Osmon tundan koʻmir qilib, 
kechqurunlari unga shafaqdan oʻt yoqib turardi. 
 
7. Bu va keyingi baytning mazmuni: sovuq issiqlikning haroratini kamaytirdi, olovdan uchqun 
uchirmay qoʻydi. Oʻtdan qolgan qiziq qoʻrning sinjobchalik (ya’ni silovsin, moʻyi oʻsiq, 
olmaxon terisidan tikilgan poʻstin) ham issigʻi yoʻq, yonib turgan shu’la esa oltoyicha (ya’ni, 
oltoy qizil tulkisining terisidan ishlangan poʻstin) ham iliqlik bermas edi. 
 
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Farhodning yana oʻsha kuydiruvchi dardli ohlar tortib, ano – 
gʻam-alamlarga toʻla jonni oʻrtovchi nolalar qilgani, birov yigʻlasa u ham zor-zor yigʻlagani, el 
ozoridan koʻngli ortigʻroq ozor topgani..., birov ishqdan hikoya boshlasa, u takror-takror 
eshitishni istagani, hajrdan soʻz boshlansa, ikki koʻzidan qonli yoshlar oqqani haqida yozadi. 
Xullas, Xoqon oʻgʻlini koʻngli uchun nimaiki qilgan boʻlsa, xato ekanini tushunadi va bundan 
hayron qolib sarosimaga tushadi. 
XVIII 
Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning podshohlik tojini Farhodga bermoqchi boʻlgani, uning esa 
otasidan uzr soʻrab rad etgani bayon qilinadi. 
 
1. Bu baytning mazmuni: bu mamlakat ustida shohlik nogʻorasini chalgan zot soʻz sipohiga 
shunday tartib beradi. Bu yerda ushbu dostonni kuylayotgan shoir shunday hikoya qiladi
demoqchi. 
 
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: Burgut va Kuykanak (Ilvasin – mayda parranda ovlaydigan 
qushlarning bir turi)ni tutib, ovga solsalar uning ishini bunisi qila olarmidi. Agar arsa – shaxmat 
taxtasi boʻm-boʻsh qolsa ham undagi shoh donasi oʻrnini baydaq – piyoda egallay olarmidi?! Bu 
soʻzlarni Farhod Xoqonning toj taklifiga javoban aytadi. 
 
3. Bu va keyingi 10 baytda Farhod uzrxohlik bilan: – men hali yoshman, vazifa esa ulugʻ. Shu 
choqqacha barcha ishlardan gʻofil, yolgʻiz ayshu-ishrat bilan band edim. Endi shoh inoyat qilsa-
yu men biror kichik xizmatga jiddiyroq mashgʻul boʻlsam, uning rivoji va kasodini tushunib 
yetsam, xatolarimni tuzatib turilsa, ma’lum tajriba orttirgach, har qanday hukm boʻlsa, bajonidil 
bajarsam, – deydi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin