3. Shar’iy – uzunlik oʻlchovi, bir shar’iy – 2–3 km.
Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod dengiz sayohati taklifini eshitgach) dengizdek qalbi
joʻshib ketdi, ogʻzi kema ogʻzidek ochildi, lekin soʻzsiz edi. Xayoli dengiz mavjlariga zanjirdek
ulanib, ularga yana yuz ming xayollar ulandi.
XXVIII Bu bob sarlavhasida Xoqon va Farhodning katta kemaga tushib, dengizda suzishlari, qattiq
shamol koʻtarilib kemani choʻktirib yuborgani, Xoqon va Mulkoroni toʻlqinlar Chinga
tashlagani, Farhodning esa dengizda bir taxta ustida qolib ketgani bayon etiladi.
3. Baytning mazmuni: (Kemalarning) uchi osmondagi Hut (baliq) va Savr (hoʻkiz) sanchigudek,
tubi ham yer ostidagn hoʻkiz va baligʻni yanchigudek edi. Shoir bu yerda ilmi nujumga koʻra
Hut (Baliq) va Savr (Hoʻkiz) deb ataluvchi quyosh burjlariga hamda qadimgi diniy e’tiqodga
binoan yer goʻyo katta hoʻkizning, hoʻkiz esa baliqning ustida turadi, degan aqidaga ishora
qilmoqda. Kemaning uchi va tubini baland va chuqurligini bu xilda ta’riflash she’riyatidagi
«gʻuluv» san’atiga yaqqol misoldir.
4. Jirmi xok – yer kurrasi. Shoir dengizdagi kemalar va odamlarni qorasi yer kurrasidek tuyilardi,
deydi.
5. Dalv – ilmi nujumda oʻn ikki burjdan oʻn birinchisi. Bu yerda shoir dengizdagi baliqlarning
suv ichishini osmondagi Hutning falak burjidan suv ichganiga oʻxshatadi.
6. Baytning mazmuni: suvning mavji goʻyo simdan toʻqilgan sovutu uni (baliq) omburdek
ogʻzida tutib ketayotgandek edi.
7. Baytning mazmuni: qorongʻilik tushdi, dengizning ham dahshatli toʻlqinlari mayda mavjlarga
aylandi. Shoir bu oddiy fikrni shunday oʻxshatishlarda beradi: Tun qora poʻstini (kish) ostida oq
rangli mayin moʻyna poʻstin kiygan (qoqum) kunni-yashirganida, dolgʻalar (talotum)ni dengiz
silovsin (sinjob), (ya’ni mayin moʻyi oʻsiq olmaxon) qildi qoʻydi. Baytdagi «kish»,_ «qoqum»,
«sinjob» soʻzlari «istiora» san’atiga binoan «qora poʻstin», «oq moʻyna poʻstin», «mayin»
(«mayda») soʻzlari oʻrnida-ishlatilgan.
8. Shoir bu ikki misrada «mohiyat» va «kamohi» soʻzlarida soʻz oʻyini qilgan. Mohiyat
arabchada «haqiqat» ma’nosida kelganidek, tojikcha baliq ma’nosida boʻlgan «mohi» soʻziga
nisbat berilganda. ««baliqligʻi» ma’nosini ifoda qiladi, shuningdek: «kamohi» soʻzi arabchada
«oʻzicha» va «tagi tubigacha» demak boʻlganiday, arabcha oʻxshatish harfi «k» bilan tojikcha
baliq ma’nosida boʻlgan «mohi»dan qoʻshma soʻz qilib olganda ham «baliqday» degan ma’noni
beradi. Shoir mana shu ikki soʻzni, shu ikkala ma’noda ishlatgan va har ikkala ma’noda
she’rning mazmuni toʻla chiqqan» (izoh S. Ayniyniki. Q. Alisher Navoiy. Xamsa, Toshkent,
1941, 111-bet).
9. Shoir bu misrada Suqrotning yel va suv xatari haqida aytganlariga ishora qilmoqda.