Navoiy tasvirlagan bu «Jomi Jam‖ning tasviri ba’zi belgilari bilan «ma’lum darajada oʻsha
globus va kartalarni eslatadi» (Hayitmetov A. Tabarruk izlar izidan. 63-bet).
XXV Bu bob sarlavhasida Farhodning Xoqon va Mulkoro bilan birga Suqrot hakim bilan
uchrashganlari va uni topishda jahonni koʻrsatuvchi jomidan foydalanganlari ma’lum qilinadi.
1. ―Koniyan minkon‖ – arabcha: kon boyligi kondan, degan ma’noni bildradi.
2. Sayrafiy – arabcha: «sarrof» soʻzidan, zarshunos, qimmatbaho toshlarni baholovchi.
3. Bu va keyingi baytda, tongni Suqrotga, nur uning jamoliga, quyosh usturlobga, osmon qogʻoz
varagʻiga oʻxshatilib, shu bobning oʻziga muvofiq va boshqa boblardagidan tamoman farq
qiladigan tong tasvirini beradi (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. 131).
4. Bu va keyiigi baytlarda Navoiy Suqrot yashaydigan joyning manzarasini beradi. U gʻoyat
quyuq boʻyoqlarda obrazli qilib juda baland mahobatli, oʻrkachli togʻ, unda oʻsib yotgan ulkan
daraxtlar, togʻ choʻqqilaridagi qorlaru, uning bagʻrida yurgan hayvonlar, chashmalaru gʻorlar,
daryolarni ta’riflaydi. Bu shoirning peyzaj tasviridagi romantik uslubiga yorqin misoldir.
5. Sidra – sttinchi osmondagi afsonaviy daraxt.
6. Paygʻora – gʻor.
7. Usturlab (astrolyabiya) – Sharq astronomiyasida quyosh va yulduzlarning yuksakligini
oʻlchaydigan asbob. Bu yerda shoir Suqrot gʻoridagi oʻrgimchaklarni shu asbobga
oʻxshatmoqda.
8. Bu va keyingi baytlardan ma’lum boʻlishicha, Suqrot Xoqonga ikki javhar inoyat qiladi: biri –
uning umri uzun boʻliishi, koʻp oʻlkalarni fath etishi, behad boyliklarga ega boʻlishi haqidagi
bashorat; ikkinchisi – bir muhra (soqqaga oʻxshagan narsa) boʻlib, xastalik yuzlanganda ogʻizga
olib aylantirgach, suvini yutilsa, dard chekinadi, kuch-quvvat paydo boʻladi, odam yasharib
ketadi.
9. Bu bayt mazmunida Suqrot Mulkoroga: – oldingizda bir xatar bor, u anosirning (arabcha: toʻrt
unsur boʻlib, suv, oʻt, shamol va tuproq) ikkitasi – shamol va suv tufayli yuz beradi, deyiladi.
10. Nuh – diniy aqidalarga koʻra, juda uzoq umr koʻrgan paygʻambar, uni ba’zi manbalarda
Odami Soniy (ya’ni ikkinchi Odam Ato) ham deyiladi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Nuh davrida
40 kecha va 40 kunduz sel yogʻadi va butun dunyoni tutib ketadi. Shunda u oʻz yaqinlarini,
tarafdorlarini va har hayvondan bir juftdan kemaga solib oladi. Dunyo suvga gʻarq boʻladi,
yolgʻiz Nuh kemasi omon qoladi. Toshqin chekilganda Nuh kemasi Ararat togʻining bir
choʻqqisida qoladi. Goʻyo Nuhning oʻgʻillari dunyodagi asosiy qabilalarni yaratgan emishlar.
Shoir bu oʻrinda Suqrot tilidan Farhodga qarata garchi hayoting Nuh umricha boʻlsa ham oʻlim
barhaq, deydi.
11. Majoziy ishq – zohiriy insoniy ishq.
12. Haqiqiy ishq – tasavvufda Xudoga boʻlgan muhabbat nazarda tutiladi.
13. Baytning mazmuni: Farhod undan ayrilib faryod chekdi, u esa Sulayho kabi uzun yoʻlga