tushdi. Ya’ni Suqrot ham Suhaylodek hayotdan koʻz yumdi.
14. Bu misra ikki ma’noni anglatadi: birinchisi – quyoshdek porloq Suqrot dafn etildi; ikkinchisi
– quyosh botdi, kun qaytdi.
15. Luqmon – ba’zi tarixiy manbalarda paygʻambarlar, ba’zilarida esa hakimlar sirasida
keltiriladi. Rivoyatlarga qaraganda, rangi qora xabash boʻlgan. U kimningdir quli boʻlib, ozod
boʻlishi haqida bir qancha rivoyatlar bor ekan. Jumladan, Luqmonning xojasi – qoʻy soʻyib
yaxshiroq a’zosini pishirib kel deb buyuribdi. Luqmon qoʻyning yurak va tilini keltiribdi.
Boshqa safar xojasi – qoʻy soʻyib yomonroq a’zosini pishirib kel, – debdi. Luqmon yana yurak
va tilni keltiribdi. Xoja buning ma’nosini soʻraganda Luqmon debdi: koʻngul noloyiq fe’l-
atvordan, til keraksiz soʻzlardan beri boʻlsa ulardan yaxshiroq a’zo yoʻqdir, agar boʻlmasa,
ulardan yomonrogʻi yoʻqdir. Luqmon hikmatlaridan 4000 tasi yigʻilgan ekan. Shundan ikkitasini
doim yodda saqlab ikkitasini unutish kerak emish. Chunki avvalgi ikkisi – oʻzi qilgan
yaxshiliklar, keyingi ikkitasi boshqalar qilgan yomonliklar haqida emish. Qadimgi manbalar
Luqmon bilan bogʻliq ba’zi rivoyatlarni mil. av. VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezopga
nisbat beradilar.
Shoir bu yerda Luqmonning xabashligiga ishora qilib, majoz yaratadi va tun qorongʻiligi haqida
fikr yuritadi.
XXVI Bu bob sarlavhasida Farhodning oʻz mamlakatiga qaytgani va oynada Arman vodiysi va Shirin
jamolini koʻrib hushidan ketgani bayon etiladi.
1. Bu baytda shoir ot ustidagi goʻzal Shirin xatti-harakatini shatranj donalari (shaxmat) va
ularning yurishlariga oʻxshatib goʻzal obraz yaratadi: U goʻyo quyosh bilan shatranj
oʻynayotgandek ruh va ot bilan yurib, uni – quyoshni har soatda yuz marta mot qilar edi.
2. Bahrom – dostonda vazir Mulkoroning oʻgʻli, Farhodning emikdoshi va yaqin sirdosh doʻsti.
3. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: (qayta hushiga kelgan Farhod yana koʻzguga qarasa) uning
yuzi avvalgidek qorongʻi edi. Uni yasagan donishmand shunday tilsim ishlatgan ediki, koʻzguga
qaragan odam qanday shakl koʻrsa, keyin boshqa koʻrinmas, tilsimi buzilib qolar edi.
4. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod) hamma narsani oʻylab koʻrgach, aql qonuni bilak ishga
kirishmoqcha boʻldi; lekin u bilmadiki, ishq bedodlik qilsa, yuzlab aql va bilimning qonun-
qoidalari barbod boʻlib ketadi.
XXVII Bu bob sarlavhasida Farhodning ishq oʻtinn yashira olmagani, rangi sargʻayib ketganidan
hakimlar dengiz sayohatini maslahat koʻrganlari bayon etiladi.
1. Baytning mazmuni: har qanday odam koʻrsa, ma’lum qilar ediki, bu xoro – toshni, oʻt – olov
mum qilib yuboribdi. Shoir bu yerda istiora san’atini ishlatgan, «xoro» soʻzidan Farhod koʻzda
tutiladi.
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhodga) shunday holatlar yuz bergan ekan (ya’ni uning rangi
sargʻaygani, harorati koʻtarilgani va h. k.), ular dimogʻining yubsi’a – qurishiga sabab boʻlgan.
Endi mizojini harorat va qurishlik zabt etibdimi, uning iloji dengiz (ya’ni teskari, zid – dimogʻni