Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
136 
library.ziyonet.uz/ 
 
(xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi. 
 
6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulogʻi. Bu yerda shoir ta’rificha, Shirin kelib, koʻngil ochib 
ketadigan buloqning nomi. 
 
7. Yigoch– yogʻoch, bu yerda uzunlik oʻlchovi ma’nosida boʻlib, bir yigʻoch – taxminan sakkiz 
km.dan ortiqroq. 
 
8. Baytning mazmuni: mashaqqat zoʻrligadan yigitlarni koʻrganlar chol (qori–qari), deydi, lekin 
qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san’atidan istifoda 
etadi. 
 
9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi 
haqida soʻz yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni oʻyish) degan xalq maqolidan 
foydalanib, «irsoli masal» san’atini ishlatadi. 
 
10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan koʻra oldi, beliga charm partugʻ (tanura) bogʻladi. 
 
11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: togʻ kamarini qazish uchun kerak boʻlgan bir necha gurzi va 
bir necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan 
yashirincha oʻrganib olganidek, yaxshilab suv berdi. 
 
12. Baytning mazmuni: u qoʻlining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) oʻn yogʻoch 
masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «gʻuluv» san’atini qoʻllagan. 
 
13. Bu va keyingi bayt mazmuni: togʻ qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor 
farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, koʻrmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya 
xa bar qilmoqchi boʻldilar. 
XXXI 
Bob sarlavhasida Farhodning togʻni pora-pora qilayotgan teshasi ovozini eshitgan Shirinning 
uning qoshiga kelishi, Farhod Shirinni koʻrishi bilan hushidan ketgani, Shopurning bundan 
behad kuyib yongani va Farhodni saronga olib ketishgani bayon etiladi. 
 
1. Havvo – diniy rivoyatlarga koʻra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda 
Mehinbonuga Havoga oʻxshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda 
makon tutganiga nisbat beradi. 
 
2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan 
ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni koʻzda tutmoqda. 
 
3. Baytning mazmuni: arigʻni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qoʻl 
yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san’atini ishlatib, «qoʻl yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qoʻl 
tortmoq» ma’nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yoʻq ariqdan qoʻl yuvish tushunchasi bilan 
esa «mumtane’» san’atini vujudga keltiradi. 
 
4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta’riflaydi. Bu ot 
unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi boʻldi, deydi, Natijada baytning ikki 
misrasida shoir «talozum» san’atini yaratadi. 
 
5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» soʻzini ikki ma’noda (nom va ot) ishlatib, 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin