«ihom» san’atini qoʻllaydi. Ot soʻzining har ikkala ma’nosi ham bayt mazmunini yaxshi
ochishga xizmat qiladi.
6. Bu bayt mazmuni: jahon bogʻida uningdek (ya’ni Gulgun dek) tez yurar ot yoʻq edi. U
gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shoir bu yerda Shirinnn gulbargga, otini esa saboga
oʻxshatib, «tashbih» san’atinnng ajoyib namunasini yaratadi.
7. Xing – boʻz ot. Xingi bodpoy – yeldek tezyurar ot. Shoir Shirinning oti Gulgunni nazarda
tutmoqda.
8. Shu yerdan boshlab, 44 baytda Navoiy Shirinning goʻzalligini ta’riflaydi. Bunda shoir turli
badiiy vositalardan gʻoyat keng foydalanadi. Bu she’riy parcha shoirning portret yaratish
mahoratiga yorqin dalildir.
9. Tung – idish ma’nosini bildiradi. Bu yerda shoir Sharqda mashhur boʻlgan Hindiston novvoti
solingan shakkar idish deb
Shirinning ogʻzini ta’riflamoqda.
10. Zod – ozod soʻzining qisqartirilgani. Shoir bu yerda Farhodni ta’riflab, uni bu barno yigitgina
emas, taqdir xazon boʻlish alamini ravo koʻrgan boʻstondagi ozod sarvdir, deydi.
XXXII Bu bob sarlavhasida Farhod hushiga kelgach, toqqa chiqib ariq qazish ishlarini davom ettirgani,
Shirin koʻnglida Farhodga nisbatan ishq paydo boʻlgani ifodalanadi.
1. Baytning mazmuni: Farosat bilan Farhod bildikim, dil bezatuvchi (ya’ni, Shirin)ning mehri
uning holiga qarab ish tutibdi.
2. Bu va keyingi 4 baytning mazmuni: (Farhod) toshga metin urganida falak toqiga qiyomat
solgandek boʻlardi. Uning yoniq nafasi va metini koʻtargan gard zangori osmonni koʻzdan
yashirib yuborardi. Gard va dudgina emas, balki dard va anduhning qora buluti togʻ-togʻ boʻlib
Arman atrofini tutib ketgan edi. Uni qora bulut ham demay, bahor buluti deb, yogʻin bilan
koʻtarilgan doʻl tosh boʻroni desak ham boʻladi. Toshga urilayotgan metinning yaltirashi
bamisoli chaqmoq edi. Shoir Farhodning togʻda arigʻ qazish mehnati tasvirini tashbih va
mubolagʻa san’atlari vositasida beradi.
3. Xorokan – tosh yoʻnuvchi – bu yerda Farhod koʻzda tutiladi.
4. Kamingoh – xilvat joy; bayt mazmunicha, Shirin bir xilvat joy topib Farhodni yashirincha
koʻrgisi keladi.
XXXIII Bu bob sarlavhasida Farhodning ariq qazib, qasr bunyod etgani, «Bahr un-najot» hovuzini
kovlab, atrofida bogʻ barpo qilgani va bularni koʻrgani Mehinbonu va Shirinlarni kelgani bayon
etiladi.
1. «Bahr un-najot» – aynan: najot dengizi. Shirin uchun Farhod qazigan katta hovuzning nomi.