Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
150 
library.ziyonet.uz/ 
 
1. Favoris – «foris»ning koʻpligi; suvoriy, sher, demakdir. 
 
2. Abul Favoris – Shoh Gʻarib Mirzo (Husayn Boyqaroning oʻgʻli)ning laqabi. Xallada 
davlatuhu – (arabcha duo), «xudo davlatnni abadiy qilsin», demakdir. Bu ibora shohlar
shahzodalarning ismidan keyin aytiladi yoki yoziladi. 
 
3. Temurxon – Amir Temur, Temurlang (13369.4, Shahrisabz – 1405. Oʻtror sh.) – Oʻrta 
Osiyoda yirik feodal davlat arbobi, sarkarda. Temurning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi mayib 
boʻlgan, oqsoqlangan. Shuning uchun uni Temurlang (oqsoq Temur) deyishgan. Qabri 
Samarqandda Guri Mir maqbarasida. 
 
4. Ulugʻbek (laqabi, asl nomi Muhammad Taragʻay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. 
– Samarqandlik buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, otasi 
Shohruh davrida 17 yashar Ulugʻbek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning toʻla 
hukmdori qilib tayinlanadi. Keyinchalik (1414) uning davlatiga Xorazm ham qoʻshildi. 1447 y. 
Shohruh vafotidan keyin Ulugʻbek Shohruh tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni 
birlashtirib, kuchli davlat tuzmoqchi boʻldi. Lekin reaksion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch 
keldi. 1449 yili Ulugʻbek siyosatidan norozi oʻgʻli Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning 
fatvosi bilan Samarqand yaqinidagi qishloqda qatl etildi. Samarqandda dafn qilingan (Guri 
Mirda), Ulugʻbek davrida, ayniqsa, Samarqandda hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, 
savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulugʻbek musiqa ilmi va adabiyot bilan ham shugʻullangan. Alisher 
Navoiy «Majolis un-nafois» nomli tazkirasida Ulugʻbek faoliyatiga yuksak baho beradi va uning 
she’rlaridan namuna keltiradi. 
 
5. «Zichi Koʻragoniy» – Ulugʻbekning oʻz rasadxonasida olib borgan astronomiyaga oid 
kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallardan iborat asari. Uning maxsus nazariy qismi – 
muqaddimasi juda koʻp tillarga tarjima qilingan. 
 
6. Ilm ul-yaqin – har narsaning mohiyat va kayfiyatini bilish, ochish. 
 
7. Tahmuras – miloddan avvalgi Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni. 
Afsonalarda uni Marvda kuhandiz, Xuroson, Nishopur va Isfahonda Magʻriz va Soriyyani barpo 
qilgan (mil. av. 830 y.), deyiladi. Navoiy «Tarixi muluki Ajam‖da yozishicha, roʻza tutishlik 
undan sunnat qolgan. Forscha kitob yozishlik va boʻz toʻqishlikni Tahmuras ixtiro qilgan. U har 
kimning biror sevgan odami boʻlsa, uning suvratnni chizdirib, shu bilan xursand boʻlar ekan. 
Shundan butparastlik kelib chiqqan ekan. 
 
8. Zahhok – qadimgi afsonalarga koʻra, Jamshiddan soʻng taxtga oʻtirgan oʻta zulmkor podshoh. 
Uning ikki yelkasida ikkita maraz (illat, yara; boshqa rivoyatda ikki ilon) boʻlib, uning ogʻrigʻiga 
odamzod magʻzi (miyasi)dan boʻlak narsa taskin bera olmas ekan. Shu sababli har kuni ikki 
gunohkorni oʻldirib, magʻzini unga berar, agar gunohli odam topilmasa, jurba tashlab xalq 
orasidan ikki kishini qatl qilar ekanlar. Bir kuni jurba isfahonlik ohangar – temirchi Kova 
oʻgʻillaridan biriga tushib qatl qilinadi. Soʻngra yana bir oʻgʻliga tushadi. Dargʻazab Kova 
odamlarni yigʻib, Zahhokka qarshi isyon koʻtaradi. Ular temirchilar saxtiyoni – partugʻini bayroq 
qilib, Zahhok ustiga otlanadilar. Kovaga Jamshidning nabirasi (boshqa rivoyatda Tahmuras 
naslidan Obitin oʻgʻli) Faridun kelib qoʻshiladi va Zahhokni oʻldiradi. 
 
9. Bu va keyingi baytning mazmuni: nima foydali, nima zararli ekanligini hikmat ajratib 
berishligini aniq anglaganingdan keyin, foydalilari bilan shugʻullan. Lekin hamma ishda ham 
oʻrtani tutishga mayl qil. 
 
10. Bu baytda shoir irsoli masal san’atini qoʻllaydi: u yuqoridagi baytdagi oʻz muddaosi – mizoj 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin