Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
76 
library.ziyonet.uz/ 
 
Uchida berkitib bir koʻhrora,  
Boʻlubon dastasi oning minora.  
Chekib boshigʻa bu andozaliq gurz  
Ki, gar ul teksa, tufrogʻ oʻlgʻay Alburz.  
Aningdek urdi yuz shahzoda sori  
Ki, sarsar savsani ozoda sori.  
Debon: «K-ey gʻaflatoyin odamizod,  
Bitilgan davri charx ollinggʻa bedod.  
Bu beshakim oʻtarda vahm etib lol,  
Solur babr anda ranja, sher changol.  
Malak oʻtsa oʻchar oning hayoti,  
Uqob uchsa kuyar oning qanoti.  
Bu kelmakdin sening nedur xayoling  
Ki, kirmish qoninga fikri maholing».  
Bu yangligʻ koʻp yasab muhlik navola,  
Boshigʻa gurzini qildi havola.  
Boʻlub shahzoda qalqonigʻa moyil,  
Qilich birla chorib gurzin hamoyil.  
Aningdekkim tushub boshigʻa toshi,  
Boʻlub ul toshdin ozurda boshi.  
Tushub oʻt Ahramangʻa koʻrgach oni,  
Tutub bosh, qasrigʻa qaytib ravoni.  
Tutub bir gurz ondin sahmginroq,  
Kelib avvalgʻidin rurqahru kinroq.  
Oni ham urgʻali eltib havogʻa,  
Tushurmasdin burun farmonravogʻa.  
Qalam aylab aningdek chustu shirin  
Ki, aytib devbandi charx tahsin.  
Necha hamlin bu yangligʻ aylagach rad,  
gʻazabdin Ahraman tund oʻldi behad.  
Chekib na’ra yuz urdi togʻ sori,  
Nechukkim tiyra abri koʻhsori.  
Olib bir togʻning toshin tamomin,  
Havoda koʻrguzib yeldek xiromin.  
Yuz urdi oʻylakim abri bahoron,  
Ki Farhod uzra qilgʻay sangboron.  
Koʻrub Farhod ani qalqongʻa kirdi,  
Ne qalqonkim, hasin qoʻrgʻongʻa kirdi.  
Toʻsh oʻlgʻoch Ahramangʻa ismi a’zam,  
Qoʻlidin zoʻr ketti, jismidin ham.  
Aningdek osmondin yerga tushti  
Ki, tosh ostida oʻlmakka yovushti.  
Dedikim sangboron aylagay yoʻq,  
Ham oxir sangsor oʻldi oʻzi-oʻq.  
Koʻrub Farhod ul xorofikanni,  
Dema xorofikankim, Ahramanni.  
Oti ollinda xoru zor aningdek,  
Ayogʻi ilgi ham nokor aningdek.  
Hamoyil aylagan tigʻin chekib bot,  
Boshigʻa dev yangligʻ sekretib ot,  
Choqindek tigʻ ila boshigʻa yetti,  
Ishin bir zarb ila-oʻq oxir etti.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin