|
Farhod va Shirin (I- qism)Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy
90
library.ziyonet.uz/
Tutub qufl ogʻzi zulfinini mahkam,
Yetib imo oni ochmasqa ul ham.
Urub zulfini qufl ichinda yuz rech
Ki, ya’ni bu xatarliq fikrdin kech.
Kishi taqdirdin boʻlmas chu qochib,
Chiqordi koʻzguni sanduqni ochib.
Koʻrub ul nav’kim mir’oti xurshed,
Jahonni koʻrguzub chun jomi Jamshed.
Tushub koʻngliga hayratdin sharora,
Aning ruxsorigʻa qildi nazora.
Ne koʻrdi: turfa dashti nozrarvard,
Koʻrunmay sahnida juz sabzai dard.
Giyohi nishtar, ammo zang tutqon,
Guli el qoni birla rang tutqon.
Musalsal sunbulining band-bandi,
Qaroru hush saydining kamandi.
Binafsha andakim gardun koʻkortib,
Gajak yangligʻ xirad boʻynini tortib.
Tutub nargislari jom etkali noʻsh,
Qilurgʻa taqvo ahlin mastu behush.
Yoqib oʻt lolasi jon kuydururgʻa,
Koʻngulga dogʻi hirmon kuydururgʻa.
Sochib tufrogʻlari mushki tatori,
Qaro boʻlmoq uchun el roʻzgori.
Demaktin lol oʻlub savsan maqoli
Ki, budur munda har ozoda holi.
Koʻkortib anda koʻk armon guli koʻr,
Koʻkorgon balki nofarmon guli koʻr.
Quyundin koʻrguzub har yon zamona,
Bori sargashtaliklardin nishona.
Qilib zohir bu vodiyning qirogʻi,
Qatiq togʻi nechukkim hajr togʻi.
Ayogʻin dogʻi aylab rust yerga,
Chekib boshin falakka roz derga.
Falak vaz’in aning tuloni aylab,
Jahon bahrigʻa langar oni aylab.
Kamargohida xayli benihoyat,
Yasol tortib hujum aylab bagʻoyat.
Kamarda bir ariq qozmoqqa mashgʻul,
Arigʻ topib kamar shakli bila tul.
Oʻzining shakli birla navjavone,
Demaykim navjavone, notavone.
Hamul xayl ichra aylab reshavarlik,
Demaykim reshavarlik, teshavarlik.
Bu holat ichra raydo boʻldi xayle,
Nechukkim togʻ ichinda tund sele.
Bori chobuksuvoru moh raykar,
Javohirdin berib raykarga zevar.
Jabinlar gul-gulu kirriklari xor,
Qabogʻlar keng-kengu, ogʻizlari tor.
Alargʻa shohu sarvar gul’uzore,
Demaykim gul’uzore, shahsuvore.
|
|
|