Necha el boʻynigʻa tigʻ ursa boʻlgʻay,
Yozuqsiz nechani oʻltursa boʻlgʻaygʻ!
Ham oxir zarbdin qoʻl boʻlsa nokor.
Tutulmogʻliq kerak ul lahza nochor.
Manga Chin ahli ne qilmish yomonliq
Ki, bu nav’ oʻlgʻamen borigʻa qonliq.
Agar shah surmasa zulmu itobin,
Ne berKim Tengriga oxir javobin.
Koʻzum ne nav’ tushkay shah koʻziga,
Netib boqqoymen ul dam el yuziga.
Bori bir yonu bu bir yonki nogoh,
Shah oʻlsa bulajab holimdin ogoh.
Ulus qilgʻay meni girdimda ta’yin
Ki, qilgʻaylar alar hifzimni oyin.
Bu mushkil ish qachonkim hosil oʻlgʻay,
Ishim tadbiri ul dam mushkil oʻlgʻay.
Debon devona, solsa band ayoqqa,
Qutulmoq ul zamon chekkay yiroqqa.
Agar farzan jununum dogʻi ketgay,
Nechakim aytsam, kim bovar etgay.
Hamul avloki to oʻzumni bilsam,
Qila olgʻoncha oʻz hifzimni qilsam».
Oʻziga qildi torqoch ish hisobin,
Xirad qonunida ish irtikobin.
Muni bilmayki qilgʻoch ishq bedod,
Boʻlur yuz aqlu donish rasmi barbod.
Ketur soqiy, sharobi oshiqona
Ki, boʻlmishmen xirad birla fasona.
Meni ishqu fano bazmida xos et,
Xirad ranju balosidin xalos et.
XXVII Farhodning ishq shu’lasida kuyub ul oʻtni jon rardasida yashur-moqdin va hajr xunobasin yutub
ul zahrni koʻngul ichinda singurmoqdin gulbargi ahmardek jamoli za’faroniy va naxli sanu-
bardek niholi xayzaroniy boʻlub asr hukamosi va dahr atibbosi aning bahori sihhati xazoni
marazgʻa yuzlangonining tashxisini savdogʻa qilib bu savdo bila aning maqomi ta’yinin jazoyir
bila daryogʻa qilgʻonlari va bu daryo safari savdosidin anga sud istab nasibalari ziyonbud
boʻlgʻoni
Tariqi ishq ixfosida mohir,
Bu yangligʻ ishq sirrin qildi zohir
Ki, Farhod aylabon ishqin nihoni,
Xiraddin koʻrguzur erdi nishoni.
Qayu uy ichra boʻlsa shu’la mavjud,
Emasdur uyga boki gar chiqor dud.
Yonib oʻt chiqmos oʻlsa dudi mutlaq,
Ul uy devorigʻa boʻlmoq kerak shaqq.
Falak ham mehrin oqshom aylamas fosh,
Boʻlur zohir chu anjumdin toʻkar yosh.
Yoshurgʻay nofa xud mushki tatori,
Yoyilmoqda isi, ne ixtiyori.