Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
94 
library.ziyonet.uz/ 
 
Chu lola gʻunchasi zohir boʻlur chogʻ,  
Necha koʻnglida asrar yoshurun dogʻ.  
Boʻlur garchi ochilgʻon chogʻi ma’lum,  
Boʻlur avval toshida dogʻi ma’lum.  
Nechakim istadi Farhodi gʻamnok,  
Yoshurmoq oʻt yorib ustiga xoshok.  
Va lekin elni ohu ashki nogoh,  
Qilur erdi nihon dardidin ogoh.  
Xiradning rardasigʻa qayda yoro,  
Yoshurmoq ishq oʻtin aylab madoro.  
Quyoshni zarra yoshurmoq boʻlurmu,  
Hubob uzra tengiz turmoq boʻlurmugʻ  
Yorar fonusi birla shu’lani sham’,  
Koʻrarlar rardadin ul shu’lani jam’.  
Koʻz ichra maxfiy oʻlmas ashk qoni,  
Boʻlurmu shisha ichra may nihonigʻ  
Anga ul dardu gʻam oʻtin yoshurmoq,  
Koʻngulga yoshurun dard oʻti urmoq.  
Necha kun ichra oncha kor qildi,  
Zaifu notavonu zor qildi.  
Ki, har kim koʻrsa aylar erdi ma’lum  
Kim, ul xoroni bir oʻt aylamish mum.  
Chu ul oygʻa yetib andoq malole,  
Falakning sayridin boʻldi hilole.  
Uzori boʻldi sorigʻ lola yangligʻ,  
Duri ashk anda yoqqon jola yangligʻ.  
Vale ul lolaning dogʻi siyohi,  
Ogʻiz ochqoch koʻrungay dudi ohi.  
Qadi naxlikim erdi sarvi cholok,  
Zaifu xamliq oʻldi oʻylakim tok.  
Vale ul tokning tab’idagʻi may,  
Boʻlub koʻnglida qon yutmoq rayoray.  
Tanining za’fi tundin-tunga koʻrrak,  
Boʻlub ul za’f kundin-kunga koʻrrak.  
Necha afgʻondin etsa ogʻzini berk,  
Yoʻq erdi nola chekmakta anga erk.  
Dimogʻida burunkim quvvat erdi,  
Tanida dogʻi zoʻru sihhat erdi.  
Rioyat aylar erdi benihoyat,  
Figʻon zohir boʻlur erdi bagʻoyat.  
Bu damkim, boʻldi savdoyi dimogʻi,  
Marazlargʻa ulondi jismi dogʻi.  
Junun tab’ida koʻrguzdi nishona,  
Soʻz ayta boshladi savdoiyona.  
Koʻngulda qolmadi sabru qarori,  
Ilikdin bordi borcha ixtiyori.  
Koʻrub ul holin oning shohu dastur,  
Boʻlub ikkisi kundin-kunga ranjur,  
Berib koʻp randu ta’siri torilmay,  
Qilib koʻp fikru tadbiri torilmay.  
Chu koʻrdilarki borur ish ilikdin,  
Oʻtar andisha tadbiru bilikdin.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin