Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
91 
library.ziyonet.uz/ 
 
Samandi sayridin koʻk tavsani lang,  
Quyosh ruxsori ollinda xijilrang.  
Quyoshgʻa tarh uchun tashlab ruxu ot,  
Vale yuz qatla har soat qilib mot
(1)
.  
Solib olamgʻa oʻt boshdin-ayogʻi.  
Jahon oʻrtab ayogʻdin-boshi dogʻi.  
Boʻlub ul xayl har bir oʻylakim oy,  
Bu ul xayl ichra mehri olamoroy.  
Takovar uzra yeldin otashangez,  
Hamul el sori surdi yel kibi tez.  
Tamosho aylayu har sori boqib,  
Qayonkim boqib, oʻtlar elga yoqib.  
Chu nogah otgʻa ul yon mayl berdi  
Ki, Farhodi hazin timsoli erdi.  
Aning ruxsorigʻa chun boqti timsol,  
Tani timsol yangligʻ boʻldi behol.  
Yaroligʻ sayd yangligʻ nola qildi,  
Bu yangligʻ nola chun qildi, yiqildi.  
Koʻrub Farhod ul yangligʻ yiqilmoq,  
Havas qildi ani nazzora qilmoq.  
Yaqinroq kelturub koʻzgu jamolin,  
Nazora qildi ul mahroʻ jamolin.  
Chekib Farhod un oʻz timsoli yangligʻ,  
Yiqildi jismi jondin xoli yangligʻ.  
Boʻlub timsoli yangligʻ — ogʻzi xomush.  
Hamul timsolidek zoyil qilib hush.  
Koʻrub chokarlar andoq qattiq ahvol,  
Xabardor ettilar Xoqonni filhol.  
Chu Xoqon angladi bu mojaroni,  
Yugurdi ul taraf yirtib yaqoni.  
Anosi sochin ochib moʻya tortib,  
Ani oʻlgan sogʻinib roʻya tortib.  
Chekib afgʻonni Mulkoro atodek,  
Kim ul Farhodgʻa erdi atobek.  
Yana Bahrom
(2)
 Mulkorogʻa farzand,  
Guzin Farhodgʻa hamzodu dilband.  
Boʻlub nisbatda koʻkaltoshi oning,  
Tariqat bobida qardoshi oning.  
Aning holigʻa chun nazzora aylab,  
Yaqo oʻrnigʻa koʻksin rora aylab.  
Boʻlub rarvonadek atrofigʻa jam’,  
Vale ul yotib andogʻkim oʻchuk sham’.  
Qoʻyubon hushsizliq koʻyiga yuz,  
Oʻziga kelmayin bir kecha-kunduz.  
Chu tebratti nasimin subh bogʻi,  
Isidin hushigʻa keldi dimogʻi.  
Koʻz ochib koʻrdi boshi uzra xayle  
Toʻkub koʻz yoshidin yuz uzra sele.  
Chu yigʻlar erdi Mulkorou Bahrom,  
Alargʻa lutf birla berdi orom.  
Tutub soʻgin ato birla anosi,  
Muni koʻrgoch, halok etti hayosi.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin