Farhod va Shirin


Tadqiqot materiallari va metodologiyasi



Yüklə 16,43 Kb.
səhifə2/2
tarix08.01.2023
ölçüsü16,43 Kb.
#78768
1   2
OAK da maqola

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektiv usulidan foydalanildi.Mazkur tadqiqotda Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi yoshlar obrazining tarixiy, tadrijiy evolutsiyasining qiyosiy tahlili berildi. Sharq adabiyotida Alisher Navoiygacha yaratilgan “Xusrav va Shirin”,` “Farhodnoma” kabi nomlar bilan yuritilgan asarlar mavjud bo’lgan. Xususan, Farhod haqida hikoya qiluvchi eng qadimgi rivoyatlar, qissalar, shuningdek, Sharq adabiyoti tarixida to’ng’ich xansanavis sifatida tanilgan ulug’ azarbayjon shoiri Nizomiy Ganjasviy(1141-1209)ning “Xusrav va Shirin”, Orif Ardabiliy(XIV)ning “Farhodnoma”, Xusrav Dehlaviyning (1253-1322)ning “Shirin va Xusrav” dostonlari asosida obrazlar talqin qilindi

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Ulug’ zotlar asarlari hamisha inson tarbiyasida kata ahamiyat kasb etib kelgani azaldan ayon. Bobokalonimiz Alisher Navoiy ham ana shunday buyuk ijodkorlar safidan mustahkam o’rin olgan. Uning asarlari insonparvarlik, do’stlik, xalqlar do’stligi g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, ularda haqiqiy sevgi, adolat kabi eng oliy insoniy xislatlar o’zining ifodasini topgan.

“Navoiy “Xamsa”siga kirgan dostonlarning syujetlari Yaqin Sharqning yozuv poeziyasiga kirmasdan oldin turli xalqlarning folklorida yuritilgan chiroyli ertak, afsona, rivoyarlardan iborat edilar”1


Dostonning bizga ma’lum bo’lgan eng birinchi yozuvchisi X asrning mashhur fors shoiri Abulqosim Firdavsiy bo’lib, uning “Shohnoma”sida keltirilgan va “Dostoni Xusrav Parvez va Shirin” deb nomlangan.
Xisrav- Farhod- Shirin syujeti o’zining yaratilgan muhiti jihatidan Eron va Orta Oaiyoga yaqinroq edi. Sosoniylardan 22-hukmdor bo’lgan Xusrav Parvez(VI-VII aqsrlar) haqidagi afsonalar shubhasiz yozuv adabiyotiga kirmasdan ancha ilgari xalq orasida kuylangan edi. Xisravning ishqiy mojarosini birinchi o’laroq yozuv adabiyotida ishlagan Firdavsiy “Shohnoma”ning IV jildida “Dostoni Xisrav Parvez va Shirin” faslini kiritgan. Maqsud Shayxzoda o’zining “Navoiy ijodidab folklor motivlari” ishida shunday yozadi:
Kunun dostoni ko’han nav kunam,
Suxanhoyi Shirinu Xisav kunam
(endi eski dostonni yangilayman, Shirin va Xisrav so’zlarini so’zlayman). Firdavsiyning iqroridan ko’rinadiki. Bu syujet bundan ancha ilgari xalq orasida yashagan.2
Fitrat ham shu jihatga e’tibor qaratib: Doston quyidagi so’zlar bilan “Endi eski dostonni yangilatay, Shirin bilan Xusravdin so’zlar so’zlay, ul to’g’ri kishilarning so’z va ishlaridan iborat bo’lg’an bu qadim doston eskirgandir.”3 Deydi. Mazkur boshlanish shuni ko’rsatadiki, doston Firdavsiygacha ayrim mustaqil dostonlar shaklida anchadan buyon mavjud bo’lgan. “Shohnoma”dagi doston bo’yicha, Xustav ovga chiqqan vaqtida Shirinni uchratadi, uni saroyga keltirib haramiga oladi. Shirin Maryamni zaharlab o’diradi. Xusrav “Toqi Vois”ni bunyod etadi. Oxirida Xisravning Maryamdan bo’lgan o’g’li Sheruya otasini o’ldiradi, shohlikni egallaydi. Shiringa uylanmoqchi bo’lganida, Shirin Xisravning qabriga kirib o’zini zaharlaydi. FIrdavsiyning “Shohnomasida” Farhod ismi tilga olinmaydi. Bizlar tadqiqqa tortmoqchi bo’lgan yoshlardan bir Shopur ham asrning boshqa qismlarida tilga olingan bo’lsada, aynan shu qismida gapirilmaydi.
Farhod qissasi Sharq adabiyotida keng tomir otgan va ko’pchilik adabiyotlarga kirib brogan. Buning asosiy sababilaridan biri Farhod qissasida hamisha insonning eng zaruriy ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarning aks etishida, Farhod obrazida esa mehnatkash xalqqa xos bo’lgan juda ko’p fazilatlarning mujassamlashganligidadir. Afsonalardagi yoshlar obrazlari ichida Farhod isoniy muhabbat, mehnat va ijodga ilhomlantirgan faol inson sifatida alohida ajralib turadi. O’rta asr Sharq adabiyotida “Xamsa”chilik an’anasining paydo bo’lishi Farhod obrazining kelajagini belgilab, uni umriboqiy qahramonlar qatoriga olib chiqdi. Yaratuvchi, kurashchi qahramonlar badiiy asarlarda ko’pincha Farhodga o’xshatilar, ularga Farhoddek salobat, kuch-g’ayrat orzu qilinardi. Nizomiy tomonidan “Xisrav va Shirin” dostoning yaratilishi bilan xalq tilida mavjud afsonalarning eng yaxshi an’analarini o’zida jamlagan Farhod obrazi liro-epik asarlarning qahramoniga aylandi. Dostondagi Farhod obrazi mehnatkash xalq ichidan yetishib chiqqan kishining umumlashma obrazi yaratilishi jihatdan o’z davrida faqat ozarbayjon adabiyotidagina emas, balki o’rta asr sharq adabiyotida muhim hodisa bo’ldi. Badiiy asarlarda toshtarosh va me’mor sifatida mashhur bo’lib kelgan ushbu Farhod obrazining yaratilishiga qadimgi Farhod kultining prototiplik vazifasini o’taganligini S. Erkinov o’z tadqiqotida keltiradi4. Olimning “Navoiy “Farhod va Shirin”i va uning qiyosiy tahlili” nomli risolasida Farhod bilan birgalikda Shirin obrazi tarixi haqida ham birqancha fikrlarni keltirib o’tadi. Jumladan, “Avesto” kitobida suv mabudasi Ardvisura – tilga olinadi. U qaddi-qomati kelishgan, sohibjamol bir ayol qiyofasida tasvirlanadi. Hamma vaqt suv serobligi, mo’l-ko’lchilik tarafdori Shirin obrazi dastlab ana shu Arddvisura haqidagi afsonalardan bahramand bo’lgan degan taxmini ilgari surgan. Erkinov Trever, Gibbon kabi olimlar “Avesto”da suv ma’nosiga ega bo’lgan Sura, Sira so’zlarida Shirin so’ziga yaqinlik ko’rgan edi. Bu fikrni tasdiqlovchi talaygina dalillar mavjud, xususan, Xusrav Parvezning xotini Shirin no.mi ham qadimgi tarix asarlarida faqat Shirin tarzida emas, balki Sira shaklida ham uchraydi. Shirin nomini shir-sut ma’nosiga ega deb bildirilgan fikrlar ham mavjud. Badiiy asarlarda Shirinning yoshlikdan yangi sog’ib olingan sutni yaxshi ko’rishi, shu sababli sut arig’i qazdirganligi to’g’risidagi hikoyalardan Shirin so’zida shir-sut ma’nosining mavjudligini taxmin qilish mumkin.
Sharq adabiyotiga oid birmuncha tadqiqot ishlarida Shirinning tarixiy shaxs ekanligi, bu go’zal va iffatli ayol to’g’risidagi hikoyalar keyinchalik butun bir dostonga aylanib ketganligi aytiladi. Tarixda mashhur bo’lgan Shirin VI asr oxiri, VII asr boshlarida yashagan. Shirin to’g’risidagi dastlabki ma’lumot ham ayni shu davrda yashagan Vizantiya tarixchisi Feofilakt tarix kitobida uchraydi5. S.Erkinov: “Suriya anonym solnomasi” asarida Shirin arameyanka deb ko’rsatiladi. Mazkur asarda xusrav Parvez haqida so’z ochilib, uning xiristian diniga mansub ikki xotini – “Arameyanka – Shirin va romeyanka - Mariyam”, bor edi”, - debgan fikrni qayd qiladi. Shirinning tug’ilgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlarda ham ana shunday qarama-qarshiliklar mavjud: Azarbayjonda tug’ilgan yoki Arman yerlarida voyaga yetgan; S.Erkinov o’z kitobida “ G’. Begdeli Nizomiy Shirinni turk go’zali sifatida tasvirlagan, deb yozgan edi”6, - degan faktni keltiradi.O’rta Osiyoda yaratilgan qadimgi afsonalarda Shirin Xorazmshohning qizi sifatida tilga olinadi. Shunday qilib Shirin haqida yaratilgan afsonalar ham ko’p variantli bo’lib, ularning aksariyatida Shirin va Xusrav munosabatlari markaziy o’ringa ega bo’lsa, ikkinchi bir guruhda Farhodning Shiringa bo’lgan o’tli muhabbati haqida hikoya qilingan.
Farhod hikoyatining “Xusrav va Shirin”ga kelib qo’shilgan davri ilmiy adabiyotlarda X asr deb ko’rsatiladi. Shunday qilib, adabiyotda toshtarosh va me’mor sifatida talqin etilgan Farhod, suv mabudasi deya tilga olingan Shirin obrazlari o’zining mifologik prototipiga xos sifatlarni saqlab qolgan. Shirin juda ko’p sarguzasht qissalarda bo’lgani kabi faqat sevgi va vafo ramzigina emas, u bunyodkorlik homiysihamdir.Shirin ko’pgina asarlarda insoniylikni kishilarning fe’l-atvori, kurash va intilishlari, mehnatga bo’lgan munosabatlariga qarab baholovchi sifatida taniladi.
Farhod qissalarida muhabbat mavzusining mehnat mavzusi bilan bir butun holda ifodalanishi asarning asosiy yo’nalishini tashkil etadi.
Navoiyning butun “Xamsa”sidagi izlanishlari “Farhod va Shirin”da yaqqol ko’zga tashlanib turadi7. Navoiy Farhodni har tomonlama barkamol inson sifatida ishlashga alohida diqqat bilan qaragan. Navoiy Farhodning romantik sevgi sarguzashtini hikoya qilish jarayonida o’z qahramonidagi hunar va iste’dod egasiga xos yangi qirralarni jonli mehnat jarayonida gavdalantirish bilan qissaga keng ma’noda epiklik baxsh etdi. Navoiy an’anaviiy Farhod qissasini qalamga olar ekan, uning doirasida yangi mavzu kashf etdi. Masalan, dostonda markaziy qahramonlarning ko’p qirrali faoliyatini epik planda ko’rsatilishi bilan faol bunyodkorlikni, el ko’rki, yurt bezagi sifatida tasvirlagan. Jamiyat hayoti uchun ofat bo’ladigan istilochilikka qarshi norozilikdan iborat yangi konfliktning paydo bo’lishi, ayni vaqtda har bir xalqning mustaqillik g’oyasinig badiiy ifodalaanishii Navoiyning insonparvarlikdagi yangi belgilarning ifodasi sifatida diqqatni tortadi.
Navoiy yaratgan Xusrav obrazi Nizomiy va Xusrav Dehlaviy dostonlarinig bosh qahramonlariga tomoman qarama-qarshi bo’lib, u ikkinchi darajali personaj, salbiy tip darajasiga tushurib qo’yilgan. Bu bilan Navoiy o’zigacha bo’lgan adabiyotdauzoq asr davomidayashab kelgan mavzu va qahramon uchunislomgacha bo’lgan manbalarga murojaat etishdan iborat an’ananing chegarasini yorib o’tdi, uni rad etdi. Farhodni markaziy qahramon darajasiga ko’tardi. Chin shahzodasi, ayni vaqtda mehnatkash xalqqa xos juda ko’p fazilatlarni o’zida jamlagan Farhod obrazini yaratar ekan, o’z xalqining uzoq tarixi bilan bog’langan, orzularini ifodalagan qahramon timsolini gavdalantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Ideal qahramonlarni kuylash orqali mamlakat musaqilligining samaralari: qurilishlar, suv inshootlari barpo etish va boshqa hayotiy muammolarga diqqatni tortdi. Shoir buning uchun vayronagarchilik keltiruvchi urushlarga qarshi kurashish g’oyasini ham alohda masala qilib qo’ydi.
XULOSA
Ushbu qisqacha tadqiqotdan shu ayon bo’ladiki, buyuk mutafakkir mir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoniga qadar qahramonlari turli evolutsiyani bosib o’tganligiga guvohb bo’lamiz. Dostonlarida biz, avvalo, inson sharaf-g’ururini, erk-huquqini, yuksak insoniy fazilatlarni yetuk badiiyat bilan ulug’lagan, zulm va zo’ravonlikni inkor etib, sevgi va sadoqatga madh o’qigan buyuk insonparvar daho ijodkor Navoiyni ko’ramiz. Dostonlarda zolim hukmdorlarni qoralab,odil va orif shoh g’oyasini olg’a surayotgan, urush-qirg’inlarni qoralab, do’stlik-hamkorlikni targ’ib etayotgan, mamlakat obodligi va el va ulus farovonligi uchun qayg’uruvchi yirik davlat arbobi, mutafakkir Navoiy bilan o’z ona tilining obro’-e’tibori himoya qilib uning keng imkoniyatlarini amalda isbot etishga kirishgan otashin vatanparvar Navoiy bilan uchrashamiz. Uning g’oyalari, nafaqt, o’z davri uchun, balki, hozirgi jamiyatimiz uchun ham suv va havodek zarur ekanligiga guvoh bo’lib turibmiz.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Navoiy zamondoshlar xotirasida. Tuzuvchi B.Ahmedov. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985-y., 220-bet.
2. Navoiyga qaytish. Ibrohim Haqqul,”Fan”, Toshkent 2007-yil, 220-b.
3. Najmiddin Komilov. Xizr chashmasi., Toshkent “Ma’naviyat”, 2005-y, 320-bet
4. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989-y., 590-bet.
5. Maqsud Shayxzoda. Mukammal asarlar to’plami. 6 tom, 4-tom. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972-y., 372-bet.
6.www.ziyouz.com kutubxonasi



1 Maqsud Shayxzoda. Asarlar. 4-jild. -G’azal mulkining sultoni. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyoti. Toshkent 1972-y. 23-bet.

2 Maqsud Shayxzoda. Asarlar. 4-jild. G’azal mulkining sultoni. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyoti. Toshkent 1972-y. 24-bet.

3 Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 2-jild. Ma’naviyat, 2000-yil,107-bet

4 S. Erkinov. Navoiy “Farhod va Shirin”I va uning qiyosiy tahlili. “Fan”, T., 1971-y. 21-bet

5 S. Erkinov. Navoiy “Farhod va Shirin”I va uning qiyosiy tahlili. “Fan”, T., 1971-y. 23-bet



6 Shu adabiyot. 24-bet

7 T.Jalolov, “Xamsa” talqinlari. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti.1960

Yüklə 16,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin