Mikroskopik (anatomik) tahlil qilinganda mahsulotdan tegishli mikropreparat (bapg va gullarni ko’pincha ustki ko’rinish preparati, po’stloq, ildiz, ildizpoya hamda meva va urug’lardan ko’ndalang va bo’yiga - uzunasiga kesib) tayyorlab, tegishli suyuqlikda mikroskop ostida ko’riladi. Ayni vaqtda mikropreparatlar bilan kimyoviy reaktivlar yordamida tegishli biologik faol moddalarga yoki ayrim xujayra va to’qimalarga mikrokimyoviy reaktsiyalar ham qilinadi. Bu reaktsiyalar mahsulot chinligini aniqlashda qo’shimcha (yordamchi isbotlovchi) dalil sifatida xizmat qiladi.

Kukun - poroshok xolidagi mahsulotlar faqat mikroskopik tahlil va mikrokimyoviy reaktsiyalar qilib, ularning o’ziga xos belgilari topiladi. So’ngra tegishli «aniqlagich kalit» yordamida mahsulotning chinligi aniqlanadi.

Yirik kukun holidagi dorivor o’simlik mahsulotidan yig’ma-choylar, ularni presslab briket yoki tabletkalar, mayda kukun holidagi mahsulotlardan tabletka va murakkab kukunlar (poroshoklar) tayyorlanadi.
Dorivor yig’malar - Species qadimgi dori turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor o’simliklarning ishlatilishini eng oddiy shakli bo’lgan dori turidir.
Dorivor yig’malar va choylar ma'lum bir kasallikni davolashga mo’ljallangan bir nechta dorivor o’simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir.
Yig’malar va choylar qat'iy dozalanmagan (dozalarga - iste'mol qilinadigan miqdorlarga bo’linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bo’lgani uchun, ularni odatda zaharli va kuchli ta‘sir qiluvchi o’simliklardan tayyorlanmaydi. Taxminiy dozalash ham yig’ma yoki choydan dori turi tayyorlovchi shaxs (bemorning o’zi yoki unga dori tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, bir osh qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan suvda damlanadi va xokazo.