Farmatsevtika korxonalarning nazorat tahlil laboratoriyalarida sifatni boshqarish tizimi Reja



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə5/6
tarix17.01.2023
ölçüsü29,37 Kb.
#79458
1   2   3   4   5   6
Farmatsevtik korxonalarda

Arbitraj nazorat o‘tkazish. Dorilar sifati to‘g‘risida shubha tug‘ilib, uni yetkazib beruvchi korxona bilan qabul qilib oluvchi muassasa o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lganda arbitraj nazorat o‘tkaziladi.
Davlat inspeksiyasi tibbiyot sanoati va farmatsiya birlashmasiga qarashli barcha muassasalarda dori moddalari sifati ustidan nazorat o‘tkazishni tashkil qiladi va uning qay darajada yo‘lga qo‘yganligi, korxonalarning dorilar ishlab chiqarish jarayonida Davlat standartlari, texnik shartlar, Davlat farmakopeyasi va boshqa meyoriy hujjatlar talabiga rioya qilishini tekshirib turadi. Davlat nazorat inspeksiyasi meyoriy hujjati bo‘lmagan yoki unda ko‘rsatilgan talablarga to‘la javob bermagan dori-darmon va tibbiyotga zarur texnika vositalarini ro‘yxatdan chiqarish hamda ularni taqiqlash huquqiga ega.
Kirish nazoratidan korxona omborxonasiga kelib tushgan barcha xom ashyo va yordamchi mahsulotlar o‘tkaziladi. Ulardan namunalar olinadi. Namunaning bir qismi tahlil uchun ishlatiladi, ikkinchi qismi esa 3 yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanadi. Yordamchi mahsulotlar 3 yil saqlanadi.
Tahlil natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda material-texnik ta’minoti bo‘limiga xom ashyoni ishlab chiqarish bo‘limiga o‘tkazish uchun ruxsat beriladi. Bunda xom ashyoni “ishlatish mumkinligi to‘g‘risida xabar xati” rasmiylashtiriladi.
Agar tahlillar natijasi salbiy bo‘lsa SNQB ga xabar beriladi, SNQB “talablarga javob bermasligi to‘g‘risida xabar xati” rasmiylashtiradi va xom ashyo seriyasi “Yaroqsiz”deb yorliqlanadi. Yaroqsiz deb topilgan mahsulotga akt tuziladi va uni buyurtmachi, ta’minlovchi va arbitraj nazorati vakillari imzolaydilar.2
Bosqichma-bosqich (operatsion) korxona ichidagi nazoratini o‘tkazish tartibi. Mazkur nazorat ishlab chiqarish tarkibiga kirib, u jarayonni nazorat etish va kerak bo‘lganda ishlab chiqarish parametrlarini tuzatish uchun mo‘ljallangan jarayondir. Bosqichma-bosqich korxona ichidagi nazorat ishlab chiqarish reglamentiga texnologik jarayonlarning mosligini tekshirish va parametrlardan chetlanishlarni o‘z vaqtida aniqlashni amalga oshiradi.
Tanlab nazoratni o‘tkazishda quyidagi vasifalar amalga oshiriladi:

  • me’yoriy hujjat talablariga uskunalar tavsifi va nazorat-o‘lchov apparatlarining mos kelishi;

  • texnologik jarayonlarning rioya etilishi va oraliq mahsulotlarning sifati;

  • texnik hujjat talablariga xom ashyo va yordamchi mahsulotlarning mos kelishi;

  • ish joylarida me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va ularning xolati;

  • ish joylari va sexlarning sanitar xolatlari.

Mazkur nazorat bevosita ishlab chiqarish sexlarida sex xodimlari, kerak bo‘lsa sex yoki uchastka boshlig‘i ishtirokida olib boriladi.
Nazoratlarning yana bir turi bu xodimlar nazoratidir. Bunda ularning belgilangan talab asosida ishlab chiqarishdagi o‘z kasbiga mosligi, gigiyenasi, texnologik kiymini kiya olish va undan foydalana olishi kabi tomonlari nazorat etiladi.
Xodimlarning kvalifikatsiyasiga qo‘yilgan talablar korxonalarda ishlab chiqilgan kasbiy yo‘riqnomalarda, gigienik talablar esa korxonadagi ichki farmoyishlarda belgilangan bo‘ladi va ular xodimlarga etkaziladi.

Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin