Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti



Yüklə 57,04 Kb.
səhifə2/6
tarix30.11.2022
ölçüsü57,04 Kb.
#71460
1   2   3   4   5   6

SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.

  • SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.
  • Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf–odatni, an’anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an’analarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. SHundan uning bor bo‘lishning o‘zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi. Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljishlar ta’sir qiladi? degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma’nosi, uning odatdagi tuzumi va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog‘liq bo‘lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganda, endi nima qilish kerak? degan savol tug‘iladi. qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga kelsak, u o‘sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. SHunday qilib, falsafiy qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–odatlarni tanqid qilib, yangicha qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. SHuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 57,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin