Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti


Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)



Yüklə 57,04 Kb.
səhifə3/6
tarix30.11.2022
ölçüsü57,04 Kb.
#71460
1   2   3   4   5   6

Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)

  • Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.

Yüklə 57,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin