Qadimgi Yunon–Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog‘liqligi. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limoti. Apologetika va patristika
Qadimgi Yunon–Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog‘liqligi. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limoti. Apologetika va patristika.
G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q-farovon hayot kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, ifloslantirish, xayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda ko‘mish rasm bo‘lgan.SHunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, qabilalar, elatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‘shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‘z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi falsafiy fikrlar bor.Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi.