yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas” (5-modda) tamoyiliga qat’iy amal etishdir. Kuyi
darajada tuzilgan shartnomalarda yuqori darajada qabul qilingan kelishuvlarga mos
keladigan mehnat shartlari qayd etiladi yoki xodimlar ahvolini
yaxshilashga qaratilgan
shartlar aks ettirilishi kerak.
Tarmoq kelishuvlari, so‘zsiz, birinchi navbatda xodimlar
manfaatlarini himoya qilish
vositasidir. Lekin ular ish beruvchilarga mehnatni boshqarish asosiy vositalari (ishchi kuchi,
uning qiymati, ijtimoiy to‘lovlar turlari va miqdori, boshqa masala-lar)ni o‘zaro kelishib
olish va shu orqali o‘z korxonalari raqobatbardoshligini oshirish,
mehnat jamoalaridagi
ijtimoiy nizolarni hal etish imkonini ham beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari barcha taraflar
manfaatlarini hisobga oladigan ahdlashuvlarga asoslangan bo‘lishini talab
etadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan jamoa shartnomalari va
kelishuvlari xuddi shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: