Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Jamoa shartnomalari mehnat munosabatlari barqarorligini ta’minlashga



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
3. Jamoa shartnomalari mehnat munosabatlari barqarorligini ta’minlashga 
qaratilgan. Mehnat bozorida taraflarning o‘z manfaatlari va maqsadlari mavjud bo‘lib, 
mehnat bozori sub’ektlari bo‘lgan xodimlar va 
ish beruvchilar o‘zaro munosabatlarda nizolarga yo‘l qo‘ymaslik kafolatini 
bera olmaydilar, albatta. Biroq, mazkur shartnomalarda mehnat nizolarini 
ko‘rib chiqish tartibi ko‘zda tutilishi sababli taraflarni qoniqtirishi mumkin bo‘lgan 
qarorlarni birgalikda ishlab chiqilishiga imkon tug‘diradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq mehnat munosabatlari 
sub’ektlari — ish beruvchi va xodimlar jamoa shartnomasi 
mazmuni va tuzilishini mutlaqo erkin belgilay oladi. Shunday bo‘lsa-da, amaliyotdajamoa 
shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro 
majburiyatlari kiritilishi mumkin
Mehnatga haq to‘lash tartibi va shartlari tizimi Mehnatga haq eng avvalo to‘lash shakli, 
miqdori, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlarni qamrab oladi. Shuningdek, 
jamoa shartnomasida narxlarning o‘zgarib borishi, pulning qadrsizlanish darajasi, jamoa 
shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haqto‘lashni 
tartibga solish vositalarini ham ko‘zda tutadi.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
Kodeksiga binoan mehnatga haqto‘lashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 
- mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin 
emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi; 
- mehnat haqi uning shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, 
rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi 
tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimning boshqa vakillik organi bilan 
kelishib qabul qilinadigan boshqa hujjatlar bilan belgilanadi; 
- mehnatga haqto‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga 
uning roziligisiz (istisno tariqasida, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) yo‘l 
qo‘yilmaydi; 
- mehnatga haq qoida tariqasida pul shaklida to‘lanadi. Ish beruvchi o‘zining moliyaviy 
holatidan qat’iy nazar, xodimning bajargan ishi uchun haqni belgilangan (kamida har yarim 
oyda bir marta) muddatlarda to‘lashi shart; 
- mehnat haqidan xodimning yozma roziligi bilan, belgilangan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va ba’zi boshqa 
hollarda ushlab qolinishi mumkin. 
Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga 
tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin