Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Mehnat shartnomalari va mehnat muhofazasi tizimi



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Mehnat shartnomalari va mehnat muhofazasi tizimi. Korxonada xavfsizlik va gigiena 
talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib berish ish beruvchining 
majburiyatiga kiradi va bu jamoa shartnomasida o‘z ifodasini topishi lozim. Ish beruvchi 
xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni 
muhofaza qilishning holati haqida axborot berishi shart. Muhofaza qilishning holati ustidan 
davlat nazorati va tekshiruvni davlat organlari, jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va 
xodimlarning boshqa vakillik organlari amalga oshiradilar.
Xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish tizimi. Ish beruvchi ishlab chiqarishda kasbga 
doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki 
ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun 
shart-sharoitlar yaratib berishi shart. Ular uchun imtiyozlar (ish joyidan haq to‘lanadigan 
qo‘shimcha, ijtimoiy ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasida ishlash va hokazolar) 
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. 
Ijtimoiy imtiyozlar tizimi. Ayrim toifadagi xodimlar (homilador va yoki bolasi bor, oilaviy 
vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul ayollar, 18 yoshga to‘lmagan yoshlar va hokazolar) 
uchun amaldagi qonunchilikda tegishli ijtimoiy imtiyozlar belgilab qo‘yilgan. Jamoat 
shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda amaldagi 
qonunchiliqda va me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan qo‘shimcha imtiyozlar (haq 
to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, transport va 
xizmat safari uchun kompensasiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning 
bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq 
to‘lanadigan tarzda ovqat-lantirish va hokazolar) ko‘zda tutilishi mumkin. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin