Vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: • Xodim tashabbusi bilan – agar uzrli sabablar bo‘lsa (sog‘lig‘i tufayli, xomilador va 2
yoshgacha farzandlari bor ayollarga) va korxonada muvofiq ish joylari bo‘lsa;
• Ish beruvchi tashabbusi bilan – ishlab chiqarish zarurati yoki ish to‘xtab qolgan
hollarda.
Vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladigan
buyruq asosida amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish Mehnat qonunchiligiga asosan xodimlar istagan paytlarida, muddatli yoki muddatsizligidan
qat’iy nazar har qanday mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyatiga egadirlar. Shu bilan
birga ish beruvchilar tomonidan qonunda maxsus nazarda tutilgan asoslar mavjud
bo‘lganida va belgilab qo‘yilgan tartiblarga qat’iy rioya etilgan xoldagina mehnat
shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
O‘zR Mehnat kodeksining 37-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi
asoslari keltirilgan:
1. tomonlarning kelishuviga ko‘ra;
2. bir tomonning tashabbusi bilan
3. mehnat shartnomasi muddatining tugashi;
4. mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;
5. tomonlarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;
6. saylov (tanlov)dan o‘tmaganligi yoki saylov (tanlov)da ishtirok etishni istamaganligi
tufayli.
Korxona mulkdorining almashinuvi (korxona davlat tasarrufidan chiqarilishi, sotib
yuborilishi), qayta tashkil etilishi, qo‘shib yuborilishi, ajralib chiqishi kabi holatlarda
xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi.
6
Д.Т.Саипова. «Фармацевтик менежмент» фанидан ўқув-услубий кўрсатмалар тўплами. – Тошкент-2011. –
187 бет.
Mulkdorning almashishi belgilangan tartibda korxona rahbarining, uning o‘rinbosarining va
bosh buxgalterning ishdan bushatishga olib kelishi mumkin.