Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Mehnat shartnomasining xodim tashabbusi bilan bekor qilinishi



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Mehnat shartnomasining xodim tashabbusi bilan bekor qilinishi 
Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ish beruvchini 2 xafta oldin yozma ariza 
taqdim etish orqali xabardor qilishi, 2 xafta o‘tgach ishni to‘xtatishga haqli. Ish beruvchi esa 
shu muddat o‘tgach xodimni ishdan bo‘shatish, u bilan xisob-kitob qilishi va mehnat 
daftarchasini rasmiylashtirib berishi shart. 
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan 2 xaftalik ogohlantirish muddat tugagunga 
qadar ham ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. 
Arizani berish sanasi uni ish beruvchi (korxona rahbari) ga topshirilgan kun hisoblanadi
ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi va bu muddatga kalendar bo‘yicha 
barcha kunlar kiradi. 
Xodim ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi o‘z arizasini ish beruvchidan u ishdan bo‘shatish 
xaqida buyruq chiqarguniga qadar istagan paytda qaytarib olishga yoki uni bekor qiluvchi 
boshqa ariza berishga haqli. 
Mehnat shartnomasining ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinishi 
1. texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi o‘zgarishlar, 
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatlarining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar 
xajmining qisqarganligi (korxonaning tugatilganligi). 
2. xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan 
ishiga noloyiq bo‘lib qolishi. 
3. xodim tomonidan o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganlik 
4. xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganlik 
5. o‘rindoshlik tarzida ishlamaydigan boshqa hodimning ishga qabul qilinishi
shuningdek o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat 
shartnomasining bekor qilinganligi. 
6. mulkdorning almashinishi sababli korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh 
buxgalter bilan mehnat shartnomasisining bekor qilinganligi. 
Bu holatlarda ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilish haqida xodimni yozma ravishda 
(imzo chektirib) ogohlantirishi shart. Ogohlantirish muddatlari: 
• xodimlar soni (shtati), ish xususiyatlarining o‘zgarishi, korxonaning 
tugatilganligi, shuningdek, korxona egasining o‘zgarishi munosabati bilan 
korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan mehnat 
shartnomasisining bekor qilinganligi – kamida 2 oy oldin; 
• xodimning 
bajarayotgan 
ishiga 
noloyiqligi 
oqibatida 
mehnat 
shartnomasisining bekor qilinganligi – kamida 2 xafta oldin. 
35 soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqti belgilanadi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin