Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Ijtimoiy sheriklik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ijtimoiy mehnat munosabatlarining 
alohida turi hisoblanib, u turli ijtimoiy guruhlar, bkrinchi navbatda ish beruvchilar va 
xodimlar asosiy manfaatlari eng maqbul nisbatini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. 
Ijtimoiy sheriklik va mehnat munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish bugungi 
kunda personalni boshqarishning eng muhim vazifalaridan biriga aylanmokda. Bunday 
sherikliqda alohida ijtimoiy 
guruhlarning turli ijtimoiy manfaatlarini o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etish hamda shu sababli 
ularga iqtisodiy jarayonlarda, qaror qabul qilishda 
ishtirok etish huquklari berilishi ham nazarda tutiladi. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan qabul qilingan konventsiya va 
tavsiyanomalarda ish beruvchilar va xodimlar vakillik organlari o‘rtasida 
sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar nazarda tutilgan holda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Mehnat 
kodeksining 
10-moddasida 
„O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston 
tomonidan ratifikasiya qilingan konventsiyasida xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi 
qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi” — deb e’tirof etilgan. 
Ya’ni davlatimizdagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra ijtimoiy sherikchilik tamoyillarini 
kengaytirish va chuqurlashtirishga alohida ahamiyat berilgan. Ijtimoiy sheriklik tizimining 
quyidagi xususiyatlarini nazarda tutish kerak: 
Ijtimoiy sheriklikning asosiy tamoyillari: 
- davlatning ijtimoiy sherikchilikni demokratik asosda mustahkamlash va rivojlantirishga 
ko‘maklashishi; 
- muzokara ishtirokchilarining manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish; 
- tomonlarning shartnoma munosabatlarida ishtirok etishlaridan manfaatdorligi; 
- ijtimoiy sheriklar va ular vakillarining amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga qat’iy 
amal qilishlari; 
- tomonlarning teng huquqligi va o‘zaro munosabatlaridagi ishonch; 
- bir-birlarining ishlariga aralashmaslik; 
- ijtimoiy sheriklikka taalluqli masalalarni tanlash va muhokama qilish 
erkinligi; 
- ijtimoiy sheriklar tomonidan o‘zaro kelishuv asosida majburiyatlar qabul qilishning 
ixtiyoriyligi; 
- ijtimoiy sheriklikka taalluqli masalalar yuzasidan muntazam ravishda 
maslahat uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazish; 


- ijtimoiy sheriklar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini amalda 
ta’minlash; 
- kelishilgan ahdlashuvlar ijrosining majburiyligi; 
- ijtimoiy sheriklik doirasida qabul qilingan bitimlar, shartnomalar va 
qarorlar ijrosi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash; 
- tomonlar, ular vakillari, mansabdor shaxslarning mas’ulligi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin