Oliy malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassislik bo‘yicha 10 yildan kam
bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, yuqori nazariy va amaliy kasbiy tayyorgarlikka ega
bo‘lgan, farmasevtik fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlaridan mukammal ravishda
xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli farmasevtlarga beriladi.
Birinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassislik bo‘yicha 7 yildan kam
bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, zaruriy amaliy tajribaga va yaxshi nazariy va amaliy
kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, farmasevtik fan va amaliyotning zamonaviy
yutuqlaridan o‘zining mutaxassisligi soxasida xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli
farmasevtlarga beriladi.
Ikkinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassislik bo‘yicha 5 yildan kam
bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, o‘zining mutaxassisligi soxasida yaxshi nazariy va
amaliy kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, farmasevtik fan va amaliyotning zamonaviy
yutuqlaridan xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli farmasevtlarga beriladi.
Malakali toifa berilishida oldin ikkinchi, keyin birinchi va shundan so‘ng oliy toifa berish
ketma-ketligi tavsiya etiladi.
Farmasevtlar har 5 yilda qayta attestatsiyadan o‘tadilar, shunda ularning kasbiy darajalari
baholanib, oldin taqdim etilgan toifa tasdiqlanishi, yuqoriroq toifa berilishi yoki toifa
pasaytirilishi mumkin.Qayta attestatsiyadan o‘tgan va toifasi tasdiqlangan farmasevtlarga
attestatsiya guvoxnomasiga qayta attestatsiya belgisi qo‘yiladi. Agar qayta attestatsiya
natijasida malakali toifa o‘zgargan bo‘lsa yangi guvoxnoma beriladi.
O‘rta ma’lumotli farmasevtlar attestatsiyasi.O‘rta ma’lumotli farmasevtlarning
malakasi ikkita toifa – birinchi va ikkinchi toifa bo‘yicha belgilanadi.
Birinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassisligi bo‘yicha 8 yilldan kam
bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, zaruriy amaliy tajribaga ega bo‘lgan, ishida yuqori
ko‘rsatkichlarga erishgan, malaka oshirish kurslarida o‘qigan o‘rta ma’lumotli
farmasevtlarga beriladi.