ichki rezervi shakllantirilib, turli bo‘g‘in rahbarlarining vertikal rotatsiyasi va funksional
xizmat mutaxassislarning gorizontal rotatsiyasiga
asosiy ahamiyat beriladi
4
.
O‘rta biznes korxonalarida kadrlar rezervi ichki imkoniyatlar hisobiga shakllantiriladi. Shu
bilan birga, kadrlar rezervining asosiy qismi korxonaga ishlab chiqarish amaliyotiga
yuborilgan va rejali ravishda malakali ish joylariga tayyorlangan o‘rta va oliy ta’lim
muassasalarining bitiruvchilari hisobiga shakllanadi. Kichik biznes korxonalarida o‘ziga
xos muammolar bor. Bunday korxonada ikkita sekretar-referent
yoki maslaxatchi-yurist
ishlatish imkoniyatlari yo‘q bo‘lib, kadrlar rezervi uchun lavozimlar va kasblarni
o‘rindoshligini egallash uchun xodimlarning muntazam
treningi tashkil etiladi, hamda
xodimlarning gorizontal rotatsiyasi ta’minlanadi. Referentning yuridik ma’lumoti,
buxgalterning qo‘shimcha iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi kadrlar rezervi muammosini
hal etishi mumkin. Lekin boshqa firmalar tajribali mutaxassislarni qiziqtirib, o‘ziga ishga
olishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Kadrlarning
gorizontal rotatsiyasi, ya’ni
mutaxassislarni turli lavozimlarda rejali ravishda ishlatish korxonani raqobatli kadrlar bilan
ta’minlashga xizmat qiladi.
Xodimlarni baholash
Ishga qabul qilinayotgan xodimni egallaydigan lavozimiga yoki korxonada ishlayotgan
xodimning egallagan lavozimiga loyiqligini baholash uchun ularning hislatlarini
aniqlash
imkonini beruvchi quyidagi maxsus usullar qo‘llaniladi:
• anketa ma’lumotlarini tahlil qilish;
• psixologik testdan o‘tkazish;
• amaliy ish o‘yinlarini o‘tkazish;
• malakaviy testdan o‘tkazish;
• tavsiyalarni o‘rganish;
• suhbat o‘tkazish;
• attestatsiyadan o‘tkazish;
• reyting usullari.
Dostları ilə paylaş: