Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
 
Kadrlar rezervi 
Kadrlar rezervi (zahirasini) shakllantirish korxonaning kafolatli uzluksiz faoliyati uchun 
hayotiy muhim vazifadir, chunki betob bo‘lgan, ta’tilga chiqqan, safarga ketgan va 
bo‘shagan xodimning bo‘shagan lavozimini kerakli xodim tomonidan egallanishini 
ta’minlaydi.
Kadrlar rezervi turli shakldagi (yirik, o‘rta va kichik) korxona uchun zarur bo‘lib, uni 
shakllantirish har bir korxonada turlicha amalga oshiriladi. Yirik korxonalarda kadrlarning 


ichki rezervi shakllantirilib, turli bo‘g‘in rahbarlarining vertikal rotatsiyasi va funksional 
xizmat mutaxassislarning gorizontal rotatsiyasiga asosiy ahamiyat beriladi
4

O‘rta biznes korxonalarida kadrlar rezervi ichki imkoniyatlar hisobiga shakllantiriladi. Shu 
bilan birga, kadrlar rezervining asosiy qismi korxonaga ishlab chiqarish amaliyotiga 
yuborilgan va rejali ravishda malakali ish joylariga tayyorlangan o‘rta va oliy ta’lim 
muassasalarining bitiruvchilari hisobiga shakllanadi. Kichik biznes korxonalarida o‘ziga 
xos muammolar bor. Bunday korxonada ikkita sekretar-referent yoki maslaxatchi-yurist 
ishlatish imkoniyatlari yo‘q bo‘lib, kadrlar rezervi uchun lavozimlar va kasblarni 
o‘rindoshligini egallash uchun xodimlarning muntazam treningi tashkil etiladi, hamda 
xodimlarning gorizontal rotatsiyasi ta’minlanadi. Referentning yuridik ma’lumoti, 
buxgalterning qo‘shimcha iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi kadrlar rezervi muammosini 
hal etishi mumkin. Lekin boshqa firmalar tajribali mutaxassislarni qiziqtirib, o‘ziga ishga 
olishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Kadrlarning gorizontal rotatsiyasi, ya’ni 
mutaxassislarni turli lavozimlarda rejali ravishda ishlatish korxonani raqobatli kadrlar bilan 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Xodimlarni baholash 
Ishga qabul qilinayotgan xodimni egallaydigan lavozimiga yoki korxonada ishlayotgan 
xodimning egallagan lavozimiga loyiqligini baholash uchun ularning hislatlarini aniqlash 
imkonini beruvchi quyidagi maxsus usullar qo‘llaniladi: 
• anketa ma’lumotlarini tahlil qilish; 
• psixologik testdan o‘tkazish; 
• amaliy ish o‘yinlarini o‘tkazish; 
• malakaviy testdan o‘tkazish; 
• tavsiyalarni o‘rganish; 
• suhbat o‘tkazish; 
• attestatsiyadan o‘tkazish; 
• reyting usullari. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin