2. O‘rta bo‘g‘in menejerlari –firma faoliyatining ayrim tomonlarini, ya’ni ishlab
chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati kabilarni boshqarish
bilan shug‘ullanadi.
3. Quyi bo‘g‘in menejerlari – korxonaning birlamchi bo‘g‘inlarida, masalan sex,
bo‘lim, brigada
doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik,
oylik ish
topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi
2
.
Raxbarlik uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishida uning o‘ziga
xos yondashuvidir. Raxbar qaror qabul qilganida, uning bajarilishini tashkil qilganda va qo‘l
ostidagi xodimlar ishini nazorat qilganida o‘z vazifasiga muvofiq ish yuritadi. Biroq bunda
har bir rahbar o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z
rahbarlik uslubini belgilaydigan uslublarni qo‘llaydi.Uslub
rahbarning intellektual
salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Avtokratik raxbarlik uslubida rahbar:
• buyruq chiqarish, qaror
qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda
jamoa fikrini inobatga olmaydi;
• o‘zini jamoadan uzoq tutadi;
• jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo‘lishini chegaralab qo‘yadi;
• o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishini ko‘tarmaydi;
•
muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘ysundirishga intiladi;
• ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, qo‘l ostidagi xodimlar bilan muomalada uning
rahbarlik g‘ururi balandligi, salobati sezilib turadi;
• qo‘l ostidagi xodimlar oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo‘ladi.
Rahbarlikning avtokratik uslubi yordamida operativlik (tezkorlik) va ta’sirning
markazlashuvi (koordinatsiya)ga oson erishiladi. Jamoadagi bo‘sh intizom,
tashkiliy
jarayonning qoloqligi kabi omillar avtokratik uslub qo‘llanishini oqlaydi. Lekin bu usulda
xodimlarning tashabbusi yuzaga chiqmaydi.
Dostları ilə paylaş: