Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Yetakchilik modellari: mohiyati va mazmuni



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Yetakchilik modellari: mohiyati va mazmuni 
Fidlerning yetakchilik modeli Amerikalik olim, F.Fidler vaziyatdan kelib chiqqan holda 
yetakchilik qilish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. 
Uning modelida yetakchilik muayyan yetakchilik uslubi uchun ma’qul vaziyatlar: rahbar va 
jamoa a’zolari bilan munosabatlar; ishni muvofiqlashtirish darajasi; mansab vakolatlari (real 
hokimiyat, rag‘batlantirish va jazolash imkoniyati) hisobga olinadi. Tannenbaum — 
Shmidtning yetakchilik modeli. Ushbu modelga muvofiq yetakchi yetakchilikka omil: 
yetakchining o‘ziga, uning izdoshlariga va yuzaga kelgan vaziyatga ta’sir o‘tkazuvchi yetti 
uslubdan birini tanlab oladi Xersey va Blanshar yetakchilik modeli. Uning eng asosiy omili 
bo‘lib yetakchi izdoshlarining yetukligi hisoblanadi. Bu yetakchilik yetakchi tomonidan 
belgilab berilgan vazifalarni bajarish qobiliyati va xohishida namoyon bo‘ladi. Mazkur 
yetuklikning ikki xususiyati farqlanadi: kasbiy yetuklik: bilim. ko‘nikma, tajriba umuman 
qobiliyat. Kasbiy yetuklik yuksak darajada va ko‘rsatmalar berishga hojat qoldirmaydi; 
psixologik yetuklik: ishni bajarish xohishi yoki xodimlarning mehnat faoliyatiga qiziqishi. 
Mazkur xislatlar yuqori darajada bo‘lishi yetakchidan xodimlarni ishga rag‘batlantirish 
uchun ortiqcha kuch-g‘ayrat sarflashni talab etmaydi. Chunki, xodimlarning o‘zlari 
maqsadga erishishga o‘zlarida ehtiyoj sezadilar.
Ko‘rsatma beruvchi S1 usuli. U izdoshlar yetukligi kam darajada bo‘lganda eng 
yaxshi usul hisoblanadi. Bu usulda yetakchi ko‘proq ma’muriy usullarni qo‘llashi, 
izdoshlari faoliyatini doim nazorat qilib borishi lozim. 
Ishontiruvchi S2 usuli. U izdoshlar yetukligi nisbatan past darajada bo‘lgan sharoitlarda eng 
yaxshi usuldir. Bu usulda bir tomondan ma’muriy yondashuv, ikkinchi tomondan ishlashni 
xohlovchilarni qo‘llab-quvvatlash talab qilinadi. Bu usulni qo‘llaydigan rahbar xodimlariga 
berilgan topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirib, bunga ularni ruxlantirib turadi. 
Ishtirok etuvchi S3 usuli. Izdoshlar yetukligi nisbatan yuqori darajada bo‘lganida ko‘zlagan 
samarani beradi. Mehnat qilishga qodir, lekin buni xohlamaydiganlar yetakchining ular 
bilan sherik bo‘lib, o‘zlarini ishga qiziqtirish omillarini topa olishlariga umid qiladilar. 
Rahbarlar bunday xodimlarga qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini berib, ularda 
topshiriqni bajarishga xohish uyg‘otadilar.
Vakolat beruvchi S4 usuli yetuk izdoshlarga rahbarlik qilishning eng 


maqbul usuli hisoblanadi. Bu uslub asosan xodimlarni qo‘llabquvvatlashga 
qaratilgan. Bu izdoshlarga belgilangan topshiriqni bajarish uchun butun majburiyatni o‘z 
zimmalariga olishga ruhlantiradi. Xauz va Mitchellning yetakchilik modeli. „Yo‘l — 
maqsad" ham deb ataladigan bu usul asosiga xodimlar kuch-g‘ayratlari va mehnat 
faoliyatlari natijalari, shuningdek, bu natijalarga muvofiq rag‘batlantirish o‘zaro qat’iy 
bog‘liqdegan qoida qo‘yilgan. Ana sh shu ta’minlangan holdagina xodimlar o‘z ishlaridan 
qoniqish hosil qiladilar, degan xulosa chiqariladi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin