Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari (tomonlari)



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari (tomonlari) sifatida xodimlar, ish beruvchilar va davlat 
tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq muzokaralar jarayonida 
tomonlar manfaatlarini ifoda ettiruvchi vakillik organlari quyidagilar hisoblanadi: 
Xodimlarning. Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda 
vakil bo‘lish va manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning 
saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar 
amalga oshirishi mumkin (21- modda). 
Ish beruvchilarning. Korxonada ish beruvchi nomidan vakillikni ma’muriyatning 
mansabdor shaxslari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, ularning 
ustavlari va nizomlar asosida berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar (27-modda). 
Ish beruvchilar uyushmalarga, assotsiasiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga 
birlashishga haqlidir. Ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ijtimoiy jamoat 
birlashmalari, ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning 
maqsadi - iqtisodiyotni va tadbirkorlikni rivojlantirish, samaradorligini oshirish, 
shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari va 
xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarida korxonalar va 
mulkdorlarning manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, 
xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huqukdarini himoya qilishdan 
iboratdir (28-modda). 
Davlatniig. Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi (9-
modda). 
Davlat ijtimoiy sheriklik sub’ekti bo‘lish bilan bir qatorda davlat (unitar) korxonalariga 
nisbatan mulk egasi va ish beruvchi ham hisoblanadi. Bozor munosabatlari taraqqiy etishi 
bilan davlatning mehnat munosabatlari sohasidagi funktsiyalarining bir qismi jiddiy 
ravishda o‘zgaradi: davlat ijtimoiy sheriklik tizimida mehnat munosabatlarini 
muvofiqlashtiradi, tashkil etadi, nazorat qiladi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq,mehnat to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, 
shunga deb mas’ul tayinlangan davlat organlari (O‘zbekiston Respubli-kasining Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) hamda ularning inspektsiyalari tomonidan 
amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar aniq 
va bir xil ijro etilishini nazorat qilib borilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va 
unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi (9- modda). 
Davlatning eng muhim funktsiyalaridan yana biri—ijtimoiy sheriklik 
tashkiliy shakllari, tomonlar o‘zaro munosabatlari qoidalari va vositalarini huquqiy 
asoslarini ishlab chiqish, ijtimoiy mehnat standartlari (eng kam ish haqi miqdorini, ijtimoiy 
imtiyozlar, kompensatsiyalar, kafolatlari vahokazolar)ni asoslangan miqdorlarini 
belgilashdir. 



Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin