Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Ijtimoiy sheriklikning ob’ekti davlatning ijtimoiy mehnat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini amalga oshirishdir. Ijtimoiy sheriklik jamoat shartnomalari va kelishuvlar, 
mehnat shartnomalari tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Bosh kelishuv. U ushbu jamoa kelishuvini imzolagan sub’ektlar tomonidan iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirish umumiy tamoyillarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksiga muvofiq Bosh kelishuv O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 
kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika 
miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida, tomonlarning taklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi (48- modda). Bosh kelishuvda odatda, ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatning mazkur davrdagi umumiy tamoyillari, xodimlar va ish beruvchilar 
manfaatlari o‘z ifodasini topadi. Ularda shuningdek, mehnat munosabatlarini, shu jumladan, 
mehnatga haqto‘lashni, ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlarni muvo-fiqlashtirish tamoyillari ko‘zda 
tutiladi. 
Tarmoq kelishuvlari. Ular tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlarini, mehnat shartlari va unga haq to‘lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar 
guruhlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilaydi. Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba 
uyushmalari 
(xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) 
o‘rtasida, taraflarningtaklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan 
ham tuziladi (49-modda). 
Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar. Ular hududlarning xususiyatlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish 
shartlarini belgilaydi. Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari 
(xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) 
o‘rtasida taraflarningtaklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham 
tuziladi (50- modda). 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin