hollarda, muzokaralarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etadilar. Ish beruvchilar
kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari ko‘rib chiqish uchun taklif
etgan mehnatga oid va ijtimoiyiqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga
majburdirlar. Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, o‘tkaziladigan joyi va kun
tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi. Muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarga jamoa
shartnomasi, kelishuvining mazmunini tashkil etuvchi, masalalarni tanlash va
muhokama
qilishda to‘la erkinlik beriladi. Ish beruvchilar va ularning birlashmalari kasaba
uyushmalariga, xodimlarning boshqa vakillik organlariga muzokaralar uchun o‘zlaridagi
zarur ma’lumotlarni berishlari shart. Muzokaralarning qatnashchilari, muzokara olib borish
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslar, basharti o‘zlari olgan ma’lumotlar davlat yoki tijorat
siri bo‘lsa, ularni oshkor qilmasliklari kerak. Bu ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxslar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Agar muzokaralar
jarayonida taraflar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra murosaga kela olmagan
bo‘lsalar, bu hakda bayonnoma tuzilib, unga taraflarning bu muammolarni bartaraf etish
uchun zarur choralar haqidagi tugal ravishda bayon etilgan, shuningdek muzokaralarni qayta
tiklash muddatiga doir takliflari kiritiladi.
Jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bo‘linmalarida xodimlar tomonidan
muhokama
qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar hisobga olinib, takomiliga etkaziladi.
Ishlab takomilga etkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi
(konferentsiyasi)da muhokamasiga qo‘yiladi.
Mehnat jamoasining yig‘ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan ko‘prog‘i, mehnat
jamoasi konferentsiyasi esa basharti delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan
bo‘lsa vakolatli hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig‘ilish (konferentsiyada)da ishtirok
etayotganlarning ellik foizdan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa ma’qullangan
hisoblanadi.
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, taraflarning
vakillari uni umumiy
yig‘ilish (konferentsiya)da bildirilgan taklifistaklarni e’tiborga olgan holda ishlab
takomiliga etkazadilar hamda o‘n besh kun ichida umumiy yig‘ilish (konferentsiya)
muhokamasiga qayta taqdim etadilar.
Umumiy yig‘ilish (konferentsiya)da ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari jamoa
shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan
e’tiboran yoki jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda
taraflar belgilagan muddat davomida amal qiladi.
Belgilangan
muddat tugagach, mavjud jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma
tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha (to‘ldirguncha) amalda bo‘ladi.
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaningbarcha xodimlariga, shu
jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham
tatbiq etiladi. Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini
taraflarning vakillari, mehnatjamoasi,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliginingtegishli organlari tekshirib boradilar. Jamoa
shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o‘zida maxsus ko‘rsatilgan
muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnatjamoasiningumumiy majlisida
(konferentsiyasi)da hisobot berib turadilar.
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o‘zlaridagi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni
taqdim etishlari shart. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzgan taqdirlarida ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchilar quyidagilar uchun
javobgar bo‘ladilar:
1) jamoa shartnomasi,
kelishuvini tuzish, o‘zgartirish yoki to‘ldirish yuzasidan olib
borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo‘yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va
tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning
ishini ta’minlamaganlik uchun;
2) muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuviga rioya
etilishi ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim etmaganligi uchun;
3) jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik uchun. Kasaba
uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi talabiga ko‘ra mulkdor yoki u vakil qilgan
shaxs jamoa shartnomasi majburiyatlari buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bo‘lgan
rahbarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi shart.
Dostları ilə paylaş: