Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, 
lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi
shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa meyyoriy xujjatlar bilan belgilangan 
shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. 
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada, odatda davlat tilida tuziladi 
va tomonlar imzolaganlaridan so‘ng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun 
beriladi. Mehnat shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan rahbar tomonidan 
imzolanib, uning imzosi korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning 
manzillari, boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
Mehnat shartnomasi mazmuni – tomonlar qo‘lga kiritayotgan xuquqlar, o‘z zimmalariga 
olayotgan majburiyatlar majmuidir. 
Mehnat shartnomasi zarur shartlar va qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga oladi. Quyidagilar 
mehnat shartnomasining zarur shartlari hisoblanadi: 
1. Ish joyi – xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning 
tarkibiy bo‘linmasi)ning nomi; 
2. Mehnat funksiyasi – mazmuni lavozim yo‘riqnomalari va boshqa meyyoriy xujjatlar 
bilan belgilangan muayyan mutaxassislik, lavozim bo‘yicha ish; 
3. Ish boshlanadigan kun – qonun xujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi 
imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar ishning boshlanish sanasi qayd 
etilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan 
kechikmay ishga tushishi shart
4. Mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa shartlar. 
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasiga qo‘shimcha shartlar kiritilishi 
mumkin: 
• Bir necha kasb (lavozim)da ishlash 
• Agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, sinovning 
aniq muddatlari; 
• Xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi; 
• Qo‘shimcha dam olish kunlari, ta’tillar; 
• Ijtimoiy-maishiy sharoitlar (transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va x.k.); 
Mehnat shartnomasining muddati qoidaga ko‘ra cheklanmaydi va taraflar uni bekor qilish 
istagini bildirmagunlariga qadar amal qilaveradi. 
Mehnat shartnomalari quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin: 
• Nomuayyan muddatga; 


• Besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga; 
• Muayyan ishni bajarish vaqtiga. 
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat 
shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. 
Ishga qabul qilishda talab qilinadigan xujjatlar: 
1. Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa xujjatni, 16 yoshga to‘lmagan shaxslar 
esa, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvoxnoma va turar joyidan ma’lumotnoma; 
2. Mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan 
mustasno. O‘rindoshlik asosida kirayotgan shaxslar – asosiy ish joyidan 
ma’lumotnoma; 
3. Xarbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishlicha xarbiy guvoxnomani 
yoki xarbiy xisobda turganligi xaqida guvoxnomani; 
4. Qonun xujjatlariga asosan maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega 
shaxslargina bajarishi mumkin o‘lgan ishlarga kirayotgan xodim oliy yoki o‘rta 
maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni 
bajarish xuquqini beradigan guvoxnomani yoki boshqa tegishli xujjatni taqdim 
etadi. 
Ishga qabul qilish – ish beruvchining buyrug‘iga asosan rasmiylashtiriladi. Buyruq 
chiqarilishiga asos bo‘lib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi hisoblanadi. Buyruq 
matni tanishib chiqish uchun xodimga taqdim etiladi va undan tanishib chiqqanligi 
to‘g‘risida tilxat olinadi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin