Xodimlarni boshqarish tizimi Xodimlarni boshqarish bu - korxonada band bo‘lgan ishchilar salohiyatini rivojlantirish
va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-
sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar
tizimidir.
Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagi yo‘nalishlardan iborat:
• Xodimlar bilan ishlash siyosati (kadrlar siyosati);
• Xodimlarni tanlash;
• Xodimlarni baholash;
• Xodimlarni joy-joyiga qo‘yish;
• Xodimlarni o‘qitish.
Bu yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi quyidagi muhim xujjatlarda aks ettiririlgan: korxona
nizomi, korxona falsafasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlar bilan tuzilgan shartnoma,
korxona shtatining jadvali, mehnatga haq to‘lash va mukofotlash to‘g‘risida nizom,
bo‘linmalar to‘g‘risida nizom, lavozim yo‘riqnomalari.
Korxona falsafasi - korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatiga yo‘naltirilgan xodimlar o‘zaro
munosabatlarining ma’naviy va ma’muriy meyyorlari va qoidalarining majmuasi.
Korxona falsafasi quyidagi bo‘limlardan iborat: korxona maqsadi va vazifalari; boshqarish
faoliyatida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishlari; xodimlar xuquqining deklaratsiyasi;
xodimlarning ma’naviy sifatlari va qobiliyatlari; mehnat uchun yaratilgan sharoitlar, ish
joyi; mehnatning baholanishi va mehnat uchun xaq to‘lash; ijtimoiy kafolatlar.
Ichki mehnat tartibi qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat:
• Umumiy nizom;
• Xodimni ishga qabul qilish va bo‘shatish tartibi;
• Ish va dam olish vaqtlari;
• Ma’muriyatning asosiy burchlari;
• Xizmat va tijorat sirlari;
• Rag‘batlantirish va jazolash chora-tadbirlari.
Xodimlarni boshqarish tizimining ob’ekti sifatida farmasevtik tashkilotning xodimlari va ularning tasniflanishi Farmasevtik korxonada faoliyat yurituvchi barcha xodimlarni ularning bajaradigan
vazifalariga asosan quyidagicha toiflash mumkin - ma’muriy, ishlab chiqarish va savdo
xodimlari.
Ma’muriy xodimlar korxona faoliyatini bevosita boshqarish jarayonida ishtirok etadilar va
ular ikki asosiy – rahbariyatva mutaxassis menejerlar guruxiga bo‘linadi. Boshqaruvchilar
boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqiga va o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlariga ega
bo‘lishi bilan mutaxassis-menejerlardan farq qiladi.
Rahbariyatyuqori (korxona rahbari va o‘rinbosarlari), o‘rta (bo‘lim va sex boshliqlari) va
quyi bo‘g‘in (masterlar) rahbarlariga bo‘linadi.