Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Personalni boshqarishda yetakchilik kontseptsiyalari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Personalni boshqarishda yetakchilik kontseptsiyalari 
Bozor iqtisodi munosabatlarining rivojlanishi, ishchi kuchi o‘z qiymatiga ega bo‘lishi 
iqtisodning erkinlashuvi, umuman jamiyatdagi demokratik jarayonlar natijasidagina 
boshqaruvning “yetakchi-izdosh” munosabatlari tarkib topa boshladi. 
Ma’muriy boshqaruv o‘z umrini o‘tab bo‘lganligi, xususiy tadbirkorlikning taraqqiy etishi, 
kompaniyalarni intensiv rivojlantirish uchun yangi yo‘llarni izlash zarurati, shuningdek, 
boshqaruv nazariyasining takomillashtirilishi yetakchilik nazariyasini rivojlantirish uchun 
o‘ziga xos ijtimoiy buyurtma bo‘ldi. 
Bu nazariyada yetakchilikning quyidagi uch kontseptsiyasi o‘z e’tirofini topdi: 
1. Yetakchilik sifati nazariyasi. Unga muvofiq, haqiqiy yetakchilar muayaan shaxsiy 
sifatlarga ega bo‘ladilar. Xususan, R.Stogdillning fikricha, bunday sifatlar quyidagilardan 
iboratdir. 
- aql yoki intellektual salohiyat; 
- hukmronlik yoki boshqalardan ustunlik; 
- o‘z kuchiga ishonch; 
- faollik va ishchanlik; 
- ish mohiyatini bilish. 
Amerikalik tadqiqotchi V. Bennis eng samarali 90 nafar yetakchi sifatlarini o‘rganib, 
diqqatga molik xulosalar chiqardi. Uning fikricha, haqiqiy yetakchilarning quyidagi 
sifatlarini 4 guruhga jamlash mumkin: 
1. Diqqat-e’tiborni boshqarish yoki faoliyati mohiyati, maqsadi va yo‘nalishlari izdoshlar 
uchun jozibali bo‘lishini ta’minlay olish qobiliyati. 
2. Muhimlikni boshqarish yoki belgilangan maqsad natijalari juda muhim ekanligi izdoshlar 
uchun tushunarli bo‘lishi va ular tomonidan qabul qilinishini ta’minlay olish qobiliyati. 


3. Ishonchni boshqarish. O‘z faoliyati izdoshlari tomonidan to‘liq ishonchga sazovor 
bo‘ladigan darajada muhimlik va izchillikka ega bo‘lishini ta’minlay olish qobiliyati. 
4. O‘z-o‘zini boshqarish. O‘zining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilish va buni o‘z 
vaqtida tan olish qobiliyati. Bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 
yetakchilikning sifatlari quyidagicha guruhdashtiriladi: 
fiziologik — tashqi qiyofa, mustahkam salomatlik, yuksak ishchanlik, faollik; 
psixologik — boshqalardan ustuvorlik, hukmronlikka moyillik, mustaqillik, jasurlik, 
bosiqlik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, qat’iyat; 
intellektual — aqllilik, xotira, mantiq, dunyoqarash, originallik, fikrlash tezligi, ziyraklik, 
kontseptuallik; 
shaxsiy sifatlar — intizomlilik, tashabbuskorlik, mas’uliyat, tavakkalchilik, samimiylik
hushyorlik, e’tiborlilik, halollik. 
Bugungi kunda xarizmatik yetakchi tushunchasi keng tarqalgan. Xarizm (Yunoncha 
“charizma” — “ilohiy iste’dod” so‘zidan) shaxsiy sifatlari bilan boshqalarga ta’sir 
ko‘rsatish salohiyatidir. Ana shu xususiyatlarga ega bo‘lgan yetakchilarda hukmronlik 
qilishga, faollik ko‘rsatishga intilish juda kuchli, o‘zlari ishonadigan narsalarning mutlaq 
haqiqatligiga shaxsiy ishonchlari komil bo‘ladi. 
Hukmronlik qilishga ehtiyoj ularda yetakchilikka ishtiyoq uyg‘otadi. Ular o‘zlari ishongan 
narsalarni mutlaq haqiqat deb qabul qilishlari esa bu ishtiyoqni yanada kuchaytiradi. 
Amaliyot oddiy sharoitlarda, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish uchun hamisha 
ham xarizmatik yetakchilik shart emasligidan dalolat beradi. Xarizmatik yetakchilik 
ko‘proq jamoatchilik va siyosiy faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin