Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Ikkinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassisligi bo‘yicha 5 yilldan kam 
bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, zaruriy amaliy tajribaga ega bo‘lgan, ishida yuqori 
ko‘rsatkichlarga erishgan, malaka oshirish kurslarida o‘qigan o‘rta ma’lumotli 
farmasevtlarga beriladi. 
Bunda xujjatlarni attestatsiya xay’atiga topshirish va qayta attestatsiyadan o‘tish oliy 
ma’lumotli farmasevtlarning attestatsiya tartibiga analogik shaklda o‘tkaziladi. 
Lavozim attestatsiyasi – farmasevtik xodimlarni egallab turgan lavozimiga loyiqligini 
baholash maqsadida o‘tkaziladi va bunda ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari 
5
Д.Т.Саипова. «Фармацевтик менежмент» фанидан ўқув-услубий кўрсатмалар тўплами. – Тошкент-2011. – 
187 бет. 


darajasi aniqlanadi. Attestatsiyadan o‘tayotgan xodimning ishiga baho berishda uning reja 
topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, malakasi, bilim darajasi kabi 
ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Attestatsiya natijasida xodim quyidagi xulosalardan biri 
asosida baholanadi: 
• egallagan lavozimiga loyiq; 
• ko‘rsatilgan nuqsonlar belgilangan muddatgacha yo‘qotilsa, ya’ni shartli ravishda 
egallagan lavozimiga loyiq; 
• egallagan lavozimiga loyiq emas. 
Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish. 
Yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan korxonalardagi faoliyat samarasi ham yuqori 
bo‘ladi. Xodimlarni o‘qitish mutaxassislarning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalarini fan 
rivojining zamonaviy darajasiga muvofiq ravishda yetkazish maqsadida amalga oshiriladi. 
Xodimlarni o‘qitish 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 
1. Kasbiy ta’lim (boshlang‘ich, o‘rta va oliy) . 
Boshlang‘ich va o‘rta kasbiy ta’lim berish ishchi kasblari bo‘yicha kollejlarda olib boriladi. 
Oliy kasbiy ta’lim o‘z ichiga bakalavriat va magistratura ta’liminioladi. 
2. Oliy ta’limdan keyingi qo‘shimcha ta’lim. 
Buta’lim bosqichi fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida amalga 
oshiriladi. Ta’lim olish muddati – 3 yil. 
3. Malaka oshirish. Oliy ta’lim muassasasining malaka oshirish faultetlarida, biznes va 
boshqaruv kurslarida amalga oshiriladi. Ta’lim olish muddati – bir xaftadan bir 
yilgacha. 
4. Kadrlarni qayta tayyorlash. Ikkinchi kasb yoki mutaxassislik olish maqsadida o‘quv 
muassasalarida amalga oshiriladi. Ta’lim olish muddati – 2 oydan 2 yilgacha. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin