5.2. Vazmin, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
311.
Asosiy xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning hamda ular bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining asosiy prinsiplarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasining loyihasini ishlab chiqish.
TIV, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, MXX, Mudofaa vazirligi, SMTI, XMATM
-
-
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasi.
Mazkur strategiya bilan 2017-yil mobaynida mamlakatimiz tomonidan asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, bundan kutilayotgan natijalar aks ettiriladi.
312.
O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligini rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutish:
oliy va yuqori darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tayyorlash va tashkil etish;
xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar darajasidagi maslahatlashuvlarni o‘tkazish;
ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi tashabbuslarni, shu jumladan, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish.
2017-yil I chorak
TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Iqtisodiyot vazirligi, MXX, Mudofaa vazirligi, IIV, vazirlik va idoralar
-
-
Yo‘l xaritasi.
Ushbu “Yo‘l xaritasi” bilan davlatimizning tashqi siyosatini yanada mustahkamlash, ikki va ko‘p tomonlama munosabatini yanada takomillashtirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va obro‘sini oshirish, ushbu yo‘nalishda amaliy takliflarni ishlab chiqish imkonini beradi.
313.
O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini ta’minlashga doir “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutish:
O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish;
O‘zbekistonga investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni, sayyohlar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklarni jalb etish;
Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo yuk tashish ishlari uchun qulay sharoitlarni shakllantirish;
ta’lim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish.
2017-yil I chorak
TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar
-
-
Yo‘l xaritasi.
Ushbu “Yo‘l xaritasi”ning qabul qilinishi O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligi tubdan rivojlanishi va kengayishiga, mamlakatimizning eksport salohiyati oshishiga, yurtimizga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, sayyohlar oqimi, imtiyozli kreditlar jalb etilishiga katta imkoniyat yaratadi.
314.
O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi ijobiy nufuzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirilishini ta’minlash.
2017-yil IV chorak
TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, O‘zMAA, O‘zbekkino,
vazirlik va idoralar
-
-
Kompleks chora-tadbirlar.
Ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan manzilli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini (konferensiya, “davra suhbatlari”, seminar va b.) o‘tkazish;
“Jahon” axborot agentligining faoliyatini takomillashtirish, agentlikning xalqaro axborot hamjamiyatiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini faollashtirish;
davlat va jamiyat qurilishining turli sohalaridagi yutuqlar
to‘g‘risidagi tegishli materiallarni e’lon qilish orqali davlatimizning xalqaro ko‘lamdagi nufuzini
oshirish;
iqtidorli yosh mutaxassislar uchun xorijiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining yetuk va tajribali muxbirlari ishtirokida trening va seminarlar o‘tkazish;
xorijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda, mashhur rejissor va aktyorlarni jalb qilgan holda, zam�naviy O‘zbekiston hududida tug‘ilgan, yashagan va ijod qilgan buyuk olimlar,
davlat arboblari va harbiy qo‘mondonlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kinofilmlar yaratish, ularni jahon hamjamiyati o‘rtasida keng tarqatish.
315.
Quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish va kiritish:
“O‘zbekiston Respublikasi diplomatik xizmati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlar loyihalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi konsullik ustavi (yangi tahriri) loyihasini;
yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizomning loyihasini, jumladan, vazirlik faoliyatini, birinchi navbatda xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarning O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakatimiz mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish masalalari bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar ko‘rilishini nazarda tutuvchi loyihani.
Yil davomida
Vazirlar Mahkamasi, TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar
-
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va nizomlari.
Ushbu qonunlarning qabul qilinishi O‘zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishiga, diplomatik xizmat xodimlarining huquqiy maqomi belgilanishiga, xalqaro shartnomalarni tuzish va ijro etishning samarali mexanizmlari yaratilishiga, konsullik muassasalarining asosiy vazifa va funksiyalari aniqlashtirilishiga imkon yaratadi.
Taklif etilayotgan nizomlar bilan Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, mamlakatga investitsiyalarni jalb etish va uning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalarini kuchaytirish, O‘zbekistonning chet eldagi muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo aloqalarning huquqiy mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi.
316.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan xalqaro shartnomaviy faoliyatini takomillashtirishga doir ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish:
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faoliyati shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va tanqidiy tahlildan o‘tkazish;
istiqbolli hamda mamlakatimiz uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan shartnomalar hisobiga mavjud shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish;
O‘zbekiston tomonining xalqaro huquq ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etishi;
xalqaro shartnomalarning hisobga olinishi va tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi elektron bazani yaratish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ular muntazam monitoring qilinishi va inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.
Yil davomida
Vazirlar Mahkamasi, TIV, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar
-
-
Ish reja.
Mazkur ish reja bilan O‘zbekistonning shartnomaviy-huquqiy bazasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, bu sohada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, muhim shartnomalarni tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan, shartnomalarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.
317.
Qo‘shni davlatlar bilan Davlat chegaralarini huquqiy rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom ettirishni nazarda tutuvchi Davlat chegaralarini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2017-yil I chorak
TIV, Yergeodezkadastr, MXX, DChQQ, IIV, DBQ, Adliya vazirligi
-
-
Tadbirlar rejasi.
Mazkur tadbirlar rejasining qabul qilinishi O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatlar o‘rtasida davlat chegaralarini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida mavjud muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkonini beradi.
318.
Respublikamizning turli millat vakillari ishtirokida mahallalarda, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik va daxldorlik fazilatlarini targ‘ib qilish, o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida Respublika baynalmilal milliy madaniy markazining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida bayram tadbirlarini o‘tkazish.
2017-yil I chorak
Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari kengashi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Mahalla” jamg‘armasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
100,0
Ijrochilar mablag‘lari
Vazirlar Mahkamasining bayoni.
Tadbirlar turli millat vakillari zich istiqomat qiladigan hududlarda, chekka shahar va tumanlarda, shuningdek, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladi va bu orqali millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik yanada mustahkamlanadi.
319.
Jamiyatda hukm surayotgan o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida:
Yil davomida
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi,
“Oila” ilmiy-amaliy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
50,0
Ijrochilar mablag‘lari
Chora-tadbirlar dasturi.
Tadbirlar yozuvchi va olimlar, shoir va diniy ulamolar, faxriylar, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida amalga oshiriladi.
“Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi — oliy ne’mat”;
“Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik — barqarorlik kafolati”;
“Qo‘shnichilik munosabatlarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo‘lish — yurtimizda ahillikni mustahkamlashning eng muhim sharti”;
“Inson manfaatlari — ulug‘ qadriyat” mavzularida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish.
Shonli sanalar arafasida
320.
Xalq diplomatiyasini faollashtirish, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi faoliyatini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.
Dunyo xalqlari, chet elda yashovchi vatandoshlar bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar hamjamiyatini O‘zbekiston tarixi va xalqi madaniyati bilan tanishtirish, shuningdek, do‘stlik jamiyati moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui nazarda tutiladi.
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
2017-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari:
37 687,8 mlrd so‘m va 8 349,3 mln AQSh doll.,
shundan:
so‘mda
AQSh dollarida
Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari
5 263,1 mlrd
1 625,8 ming
Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari
15 423,0 mlrd
311 510,0 ming
Tijorat banklari kreditlari
16 941,2 mlrd
-
Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag‘lari va beg‘araz yordam