Farpi energetika fakulteti 36-21 e guruh talabasi Ismoilov Izzatilloning elektrotexnika fanidan tayyorlagan taqdimot ishi



Yüklə 303,37 Kb.
səhifə2/6
tarix18.07.2023
ölçüsü303,37 Kb.
#136795
1   2   3   4   5   6
FarPI Energetika fakulteti 36-21 E guruh talabasi Ismoilov

Quyosh energiyasi.


O‘zbekistonda quyosh energiyasi imkoniyati hammasidan ko‘ra ko‘proq. Yalpi quyosh energiyasining imkoniyati o‘rtacha 51 mlrd. t. n. e, texnik imkoniyati esa – 177 mln.t.n.e.. Bunda quyosh energiyasi butun mamlakat hududi bo‘ylab barchaga baravar bo‘lib, uni energetika balansiga jalb etish, aholini elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalasining, yechimini topish (ayniqsa, chekka joylarda) imkonini beradi.
  • Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo‘lishi mumkin emas. Kishilar o‘zining hayotida quyosh energiyasidan ehtiyojlar uchun u yoku bu usul bilan bu haqida o‘ylab ham o‘tirmay, foydalaniladilar. Masalan, hovliga kir yoysak, quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi tufayli kiyimlarimiz quriydi. O‘zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. Mamlakatimiz iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay.
  • O‘zR FA «Fizika - Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) Fizika -texnika ilmiy (FTI) tekshirish instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o‘rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to‘rt baravar ko‘p ekan.
  • Shu bilan birga, O‘zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zahiralariga ham ega. 15 Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Navoiy, Jizzax va Angren erkin indistriual hududlarida texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavodlarni ishga tushirish ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu resurs zahirasi quyosh energetikasi sohasida muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.

Shamol energiyasi

Bugungi kunda mazkur muqobil energiya quvvatini ishlab chiqarish G‘arbiy Yevropada ancha ommalashgan. Sababi, buning uchun tabiiy shartsharoitlar mos bo‘lishi barobarida ushbu turdagi energiyaga talab ham ortib bormoqda. Zamonaviy shamol elektrostansiya (ShES)lar 3–4 m/s dan 25m/s gacha bo‘lgan tezlikdagi shamol muhiti relefiga nisbatan baland bo‘lmagan joylarda optimal ishlaydi. Shunday hududiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamolenergiyasidan foydalanish bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmoqda.O‘zbekistonda shamol energiyasidan foydalanish hududlariga Bekobod, Qo‘qon, Jizzax, Ustyurtlarni kiritish mumkin.

  • Ushbu muqobil energiya iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan bir qator afzalliklarga ega. Masalan, ShESni qurish boshqa energiya manbalariga nisbatan arzon va qulay. Ishlab chiqarilayotgan energiya tannarxining asosiy qismini ShESni qurishga sarflangan dastlabki xarajatlar tashkil etadi. Bundan tashqari, stansiya minorasining asosi, odatda, to‘laligicha yer ostida bo‘lgani uchun, unga yaqin yerlarda ham qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish imkoniyati saqlab qolinadi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday qurilmalar uchun ajratilgan hududlar dehqonchilikka salbiy ta’sir qilmaydi. Shuningdek, ular hech qanday yoqilg‘i talab etmaydi. Masalan, 1 MW quvvatli ShES 20 yil davomida taxminan 29 ming tonna ko‘mir yoki 92 ming barrel neftni tejaydi. Yana bir jihati, shamol elektr stansiyalari boshqa energiya ishlab chiqaruvchilardan farqli ravishda atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. Aytaylik, 1 MW quvvatli qurilma sayyoramiz atmosferasiga har yili chiqarilayotgan karbonat angidrid (СО2) gazini 1800 tonnaga, sulfat oksidi (SО2) gazini 9 tonnaga, azot oksidlarini esa 4 tonnaga qisqartiradi. «Global Wind Energy Council» tashkilotining hisob-kitoblari ham shunga monand: 2050-yilga borib jahon shamol energetikasidan foydalanish tufayli atmosferaga chiqarilayotgan СО2 gazining yillik hajmi 1,5 milliard 16 tonnaga kamayadi. Eng muhimi, shamol tabiatan bitmas-tuganmasdir.

Yüklə 303,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin