«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar
FVDT mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining asosiy vazifalari: 1. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish tashkiliy va muhandislik-texnikaviy tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish maqsadli hududiy (viloyat) dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
3. Viloyat ichki aloqa va xabar berish tizimi, shuningdek boshqarish va ma’lumot ta’minoti avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va doimiy shaylikda tutib turish.
4. Ma’lumotni boshqarish va uzatish uchun viloyatlar va idoralardagi davlat aloqa kanallaridan, radio, televidenie va boshqa texnik vositalardan markazlashgan foydalanishni ta’minlash.
5. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda hamda ularga tutash hududlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek suv omborlari gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar berish cheklangan avtomat tizimlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yaratish.
6. Atrof tabiiy muhitni potensial xavfli ob’ektlardagi sharoitni muntazam kuzatishni va nazorat qilishni ta’minlash.
7. Boshqarish organlari, boshqarish punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatdagi ishlarga shay turishini ta’minlash.
8. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning ko‘lami va rivojlana borishi, ehtimol bo‘lgan oqibatlari, ularni tugatish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida xabar berish, ma’lumot yig‘ish va almashishni ta’minlash va nazorat qilish.
9. Hududiy (viloyatlar) kichik tizimlar kuch va vositalari, shuningdek berkitib berilgan tuzilmalarning favqulodda vaziyatdagi avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlar o‘tkazish faoliyatiga rahbarlik qilish va uni ta’minlash, mehnatga layoqatli aholini ishlarga jalb qilishni tashkil etish.
10. Aholini evakuatsiya qilishni (vaqtincha ko‘chirib turishni), evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishni, uning turmush kechirishini hamda favqulodda vaziyat tugatilgandan keyin doimiy turar joylariga qaytarilishini rejalashtirish va amalga oshirish.
11. Aholi punktlari va xo‘jaliklarda yashovchilarni jiddiy xavf zonalaridan xavfsiz joylardagi doimiy yashash joyiga ko‘chirish va ularning xayot faoliyatini har tomonlama ta’minlash.
12.Favqulodda vaziyatni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
13. Favqulodda vaziyatdan shikast topgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlari ni amalga oshirish; fuqarolar, ularning turar joylari va mulklarini maksadli sug‘urta qilishni tashkil etish.
FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari: 1. Favqulodda vaziyatlar oldini olish va ularni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, ob’ektlarning favqulodda vaziyatda ishlashi ishonchliligi va barqarorligini oshirish.
2. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek gidrotexnik inshootlaridagi signalizatsiya va xabar berish cheklangan avtomat tizimlarni yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Boshqaruv organlari, ob’ekt kuch va vositalarining favqulodda vaziyatdagi ishlarga shay turishini ta’minlash.
4. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat haqida xabar berishni, ma’lumot yig‘ishni ta’minlash va nazorat qilish, favqulodda vaziyatning ko‘lami va rivojlana borishi, ehtimol bo‘lgan oqibatlari haqida, uni tugatish uchun ko‘rilayotgan choralar va qanday yordam kerakligi to‘g‘risida yuqori organlarga axborot uzatib turish.
5. Avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarga, shu jumladan ob’ektlar xodimlarini evakuadiya qilishga rahbarlik qilish.
6. Favqulodda vaziyatni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
7. Ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini favqulodda vaziyatdagi ishlarga tayyorlashni tashkil etish.
FVDTning favqulodda vaziyatni tugatish kuchlari va vositalari: 1. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari.
2. Bevosita va bilvosita Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkor ixtisoslashgan respublika tuzilmalari.
3. Vazirliklar va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariya-qutqarish va avariya qayta tiklash bo‘linmalari.
4. Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining) tuzilmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kutqaruv komandalari.
5. Ob’ektlarning ixtisoslashgan tuzilmalari.
6. Hududlar va ob’ektlarning harbiylashgan umumiy va maxsus tuzilmalari.
7. Qizil Yarim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» MKT (mudofaaga ko‘maklashuv tashkiloti).
FVDTning rahbar organlari - bu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish masalalarini hal qilish vakolati doirasiga kiradigan quyidagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy homiyat organlari va ob’ektlari ma’muriyatlari:
a) Respublika darajasida - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, atrof-muhit holatini va potensial xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishga mas’ul vazirliklar va idoralar, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yongin xavfi bor va boshqa xavfli ob’ektlar;
b) Mahalliy daraja - Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari;
v) Ob’ekt darajasida-korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma’muriyatlari.
FVDT, uning kichik tizimlari va bo‘g‘inlari ishlashini tashkil qilish uchun, favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga shay turish uchun mas’uliyat to‘laligicha tegishli rahbar organlarga yuklatiladi.
FVDTning kundalik boshqarish organlari - bu FVDT ning tegishli hududiy va funksional kichik tizimlarini va ularning bo‘g‘inlarini har kuni bevosita boshqarib turadigan boshqaruv organlari bo‘lib, ular quyidagnlarni o‘z ichiga oladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari.
2. Shaharlar va tumanlarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari.
3. Ob’ektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari).
4. Vazirliklar vaidoralarning davlat nazorat organlari (nazorat-inspeksiya xizmatlari).
5. Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (sho‘balari yoki maxsus tayinlangan shaxslari).
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tanglik vaziyatlarini boshqarish markazi.
7. FVDT rahbar organlarining zahiradagi boshqarish punktlari (ZBP).
8. Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarinnng (bo‘limlarining) tezkor-navbatchi xizmatlari.
9. Vazirliklar, idoralar va ob’ektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlari. FVDT ning kundalik boshqarish organlari doimiy diskologiya punktlarida, shahardagi va shahar tashqarisidagi ZBP (Zahiradagi boshqarish punktlari) da joylashtirilib, tabeldagi tegishli xabar berish vositalari, birlamchi ma’lumotni qayta ishlash va uzatish vositalari bilan jihozlanadi, hamda ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga doimiy shaylikda saqlanadi.
FVDT respublika darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari: 1. Tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini maksimal kamaytiradigan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va potensial xavfli juda muhim ob’ektlar barqaror ishlashini ta’minlash .
2. Potensial xavfli ob’ektlar uchun texnik hujjatlar sug‘urta fondi yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi maqsadli va ilmiy-texnikaviy respublika dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
4.Markazlashgan xabar berish respublika tizimini, shuningdek ma’lumot ta’minlash va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va doimiy shay turish.
5.Ma’lumotni boshqarish va uzatish uchun davlat idoralar aloqa kanallaridan, radio, televidenie va boshqa texnik vositalardan markazlashgan foydalanishni ta’minlash.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararning miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida harakat qilishning respublika, idora rejalari, hokimliklar va ob’ektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajadagi o‘zaro birgalikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi.