2-BOB. “Favqulodda vaziyatlari” tasnifi.
Favqulodda vaziyatlarning turlari,
yuz berish sabablari.
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Har bir favqulodd vaziyat ro‘y berish joyi, sababi, ko‘lami, u bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlar, talofatlar, avariyalar, falokatlar va turli-tuman ofatlarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini bashoratlash, oldindan davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh etishdan iboratdir.
Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra tasnif qilinadi va ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamiga (hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlariga bo‘linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar
1.Xavfli geologik hodisalar:
-odamlar o‘limiga, ma’muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob uskunalarining, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
-odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
-odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, sanoat va qishloq xo‘jalik ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv o‘pirishlari va sellar;
-aholi punktlarini, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlarning va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
-o‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
-odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar-epidemik toshmalar, terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
-zoonoz kasalliklar-Sibir yarasi, quturish;
-virusli infeksiyalar –OITS;
-epidemiya-alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omillari bir bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida -50 kishi va undan oshiq;
-aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish -20 kishi va undan oshiq;
-tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi- 15 kishi va undan oshiq;
-o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan oshiq bo‘lgan vaziyat;
-zaharli moddalar bilan zaharlanish- jabrlanganlar soni -10 kishi, vafot etganlar soni – 2 kishi va undan oshiq;
-oziq-ovqatdan ommviy zaharlanish –jabrlanganlar soni – 10 kishi, vafot etganlar soni 2 yoki undan oshiq;
-epizootiya – hayvonlarning umumiy qirilib ketishi yoki kasallanishi;
-epifitotiya- o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
Dostları ilə paylaş: |