«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar
Yong‘in. Yong‘in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.
Yong‘in uch omil havo harorati (issiqlik), yonuvchi modda (jism) va uchqun-alanganing bir paytning o‘zida yuz berishi oqibatida paydo bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda ya’ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin oksidlanish kabi yuz bergan yong‘inlar e’tiborga olinmagan taqdirda boshqa chiqqan yong‘inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan:
Yong‘in bilan kurash muvaffaqiyatli o‘tish har bir kishining yong‘inda harakat qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog‘lik.
Har bir ob’ektning xususiyatiga ko‘ra yong‘inga qarshi o‘ziga xos rejim o‘rnatiladi:
-ob’ektlarga olib chiqadigan yo‘llar tartibliligi;
-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari;
-ochiq olovni ishlatish qoidalari;
-ob’ektga transportni kirish-chiqishi;
-yong‘inga qarshi asbob-uskunalarning yetarliligi;
-korxonaning yong‘inga qarshi kurash haqida boshqa me’yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalariga rioya qilinishi.
Umumiy qoidalar asosida sex, uchastkalar, omborlar, bo‘limlarda yong‘inga qarshi rejimlar belgilanadi:
-eng dastavval yong‘inga qarshi kurashish qoidalari;
-yong‘in boshlanganda ishchi va xizmatchilarning barch va vazifalari;
-yong‘in chiqqanda korxonadan odamlarni evakuatsiya qilish tartibliligi;
-yonilg‘i moylarni saqlash qonun-qoidalari.
Yong‘in paydo bo‘lganda, dastlabki harakat uning manbaini tugatishga qaratilishi kerak, shu bilan birga elektr manbalarini o‘chirmasdan suvdan foydalanib bo‘lmaydi, aks holda, u inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.