«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə36/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Nurlanish mikdori

Zararlanish belgilari

50R

Zararlanish belgisi yo‘q

100 R

Ko‘p marta nurlansa (10-30 kun) 10% odamlarda qusish, darmonsizlanish belgisi paydo bo‘ladi

200 R

Nurlanish kuchaysa 1 turdagi nurlanish kuzatiladi

300R

II turdagi nurlanish kuzatiladi

Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra kimyoviy xavfli inshootlarda bo‘ladigan falokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud. Bular quyidagilar:
-korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklari;
-uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirishi;
-moddalar ishlab chiqarishda, tashib oborishda yo‘l quyilgan xatoliklar tufayli;
- portlash, yong‘in sodir bo‘lishi, falokatlar tufayli;
- moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi xavfsizligi qoidalarini buzilishi tufayli;
- chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizllik talablariga to‘liq javob bermasligi;
- korxonada mehnat intizomi pastligi, mutaxassis va ishchilarniig malakasi yetarli emasligi;
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazannng asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun kimyoviy va radvatsiyaviy xavfli ob’ekt joylashgan to‘g‘risida aniq ma’lumotga, korxona haqida, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyini yashaydigan joylaridan qanday oraliqda joylashganligi to‘g‘risida anik, matlumotga ega bo‘lishlari kerak.
2. KTZM va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash talablarini to‘liq bajarish, moddalarning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish.
4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.
5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchui kerakli kuch va vositalarning doimo shay turishini ta’minlash.
6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholash.
a) vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:
- favqulodda vaziyatning aniq turini bilish;
- vaziyat tafsiloti va ko‘lamini aniqlashning ishonchli usullarinn, uskuna-jihozlarini topish;
- fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o‘z vaqtida ogohlantirish;
- talafotlar va modalar zararlarning oldini olish yoki ularning ta’sir kuchini mumkin bo‘lgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‘rish;
- fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarni yoki ular oqibatlarini yo‘qotshiga tayyorlab qo‘yish.
b) vaziyatni oldindan baholash.
- olingan ma’lumotlarni aniqlashtirish;
- kimyoviy va radiatsiyaviy halokatning tafsilotini qilish (turi, vaqti, tarqalish maydoni, holati va h.k.);
- hudud tafsiloti (aholi yashash joyi, uy-joylarning yaqin-uzoqliga, transport yo‘llarining bor-yo‘kdigi, ob-havo sharoiti (yil fasli, kun, ob-havo holati);
- zaharlangan havo oqimi yetib keladigan vaqtni va qancha muddat ta’sir ko‘rsata olishlarini bilish;
- zararlangan hudud maydonida qancha odam qolgan, qanchasi talafot ko‘rishi mumkinligi ehtimolini aniqlash;
- maxsus ishlov berishdan o‘tkazilishi lozim odamlar, texnika, uskunalar, mikdorini aniq bilishlari kerak.
Baholashga ko‘ra to‘plangan ma’lumotlarni tahlil asosida qisqacha xulosalar qilgan holda, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni belgalab olish kerak. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokat tufayli tarqalgan KTZM va radioaktiv moddalardan zararlanishdan ogohlantirish va muhofaza qilish tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish kerak. Turli xildagi favqulodda vaziyatlarni oqibatlarini tugatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, favqulodda vaziyatlar turi haqida o‘z vaqtida kerakli ma’lumotga ega bo‘linsa, bunday holatlarda aholini qanday harakat qilishga o‘rgatilgan bo‘lsa, ko‘riladigan talafotlarni oldini olishga, moddiy zararni qisman bo‘lsa kamaytirishga erishish mumkin. Odamlarni vaziyatga kelgan xavf oldida dovdirab qolmasliklari, kerak vaqtda aniq tez harakat qilish qutqarish ishlarini unumli o‘tkazishga imkon beradi. Shu sababli barcha yoshdagi fuqarolar, o‘z ish faoliyatlaridan qat’iy nazar muhofaza tadbirlarii bilish uchun o‘qitilishi, kerak bo‘lsa muntazam malakasini oshirib borishi lozim.
Shu sababli yuqorida ko‘rib o‘tilgan kimyoviy radiatsiyaviy xavfli ob’ektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatlarning kelib chiqish sabablarini taxmin qilish va baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Bunday favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tadbirlari quyidagalardan iborat:
1) bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatni taxmin qilish va baholash;
2) mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
3) kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli moddalarni tashib keltirishda ularning xavfsizligini ta’minlash;
4) korxona va inshootlardagi xodimlarni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
5) favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish rejalarining unumligini va bajarishga imkon berish;
6) kimyoviy va radioaktiv xavfli inshootlarda sodir bulishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kerakli kuch va vositalarning mavjudligi va tayyorligini ta’minlash.
Shuning uchun favqulodda vaziyatlarga baho berish, ularning oqibatlarini iloji boricha kamaytirish uchun sodir bo‘lgan ofat yoki favqulodda vaziyatni bashoratlashni yaxshi bilishimiz, talofatlarini oldini olishni usullarini o‘rganishimiz, ishlab chiqarish korxonari, zavod-fabrikalarda, iqtisodiyot ob’ektlarida va iqtisodiyotimizning boshqa ob’ektlarida texnika xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilinishini yaxshi yo‘lga qo‘yishni ta’minlashni o‘rganishimiz hamda tabiiy, texnogen va ekologik turdagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishimiz lozim.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin