Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


-rasm. "Shaxsni konstruktiv psixologik himoya qilish muammolari" maxsus kursini o‘rganish jarayonida psixologik-pedagogik hamkorlik majmuasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə41/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
10.05.2023

5-rasm. "Shaxsni konstruktiv psixologik himoya qilish muammolari" maxsus kursini o‘rganish jarayonida psixologik-pedagogik hamkorlik majmuasi.
Trening guruhida ishlash qabul qilingan meyor bo‘yicha amalga oshirildi: 1. Mashg‘ulot jarayoniga faol ishtirok. 2. Bir-biriga hurmatda bo‘lish. 3. "Bu yerda va keyin" tamoyili bo‘yicha muloqot. 4. Samimiylik. 5. Maxfiylik. 6. Faol qaytarma aloqa.
Ushbu tamoyillarga rioya qilish mashg‘ulotlarning maqsadiga erishish uchun zarur edi. Kurs (guruh)lar tarkibida salomlashish marosimlari, asosiy qism, uy vazifasi, xayrlashuv marosimlari o‘tkazildi. Salomlashish va xayrlashish marosimi uchun guruhda qulay, hissiy jihatdan ijobiy muhit yaratishga qaratilgan mashqlar qo‘llanildi. Uy vazifasini talabalar kundalik yozuvlar shaklida bajarishdi, bu esa refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirdi.
"Shaxsni konstruktiv psixologik himoya qilish muammolari" maxsus kursining ishchi dasturi
Kursning maqsadi: Mavzu doirasida nazariyaning tizimli tushunchasini shakllantirish va shaxsni psixologik himoya qilish amaliyoti.
Vazifalar:
1. Mamlakatimiz va xorijiy psixologiyada shaxsni psixologik himoya qilish nazariyalarini o‘rganish.
2. Shaxsni psixologik himoya qilish mexanizmlari va strategiyalarini tavsiflash.
3. Ta’lim sohasi psixologining kasbiy faoliyatida psixologik himoyaning namoyon bo‘lishini aniqlash.
4. Bo‘lg‘usi psixologlarga konstruktiv psixologik himoya mexanizmiga xos zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
4.1.1-jadval



Kompetentlik

Kompetentlikni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakaviy mahoratlarga ega bo‘lish

Mutaxassislikni o‘zlashtirish jarayonida kompetentlikni shakllanishini ta’minlashga yo‘nalgan aniq maqsadlar

1

Psixolog kasbining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishga qodir, kasbiy-professional axloq tamoyillariga rioya qilib, professional vazifalarni bajarish uchun javob bera olish.

Psixolog faoliyati doirasidagi kasbiy vazifalarni bilish;
vazifalarni oqilona bajarish, kasbning axloqiy-ma’naviy tamoyillariga qat’iy rioya qilish bilan professional vazifalarni bajarish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Psixologning kasbiy vazifalarini amalga oshirishda psixologik himoyaning namoyon bo‘lishini bilish;
kasb-hunar etikasi tamoyillariga rioya qilgan holda, ta’lim psixologining kasb-hunarga oid vazifalarini real hayotda himoya qilishning turli-tuman mexanizmlari va usullari;
kasbiy vazifalarni bajarishda shaxsni psixologik himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘lish, o‘qituvchi-psixologning kasbiy ma’naviy-axloqiy tamoyillariga rioya qilish;

Tanlov kursining mazmunini o‘zlashtirish uchun "umumiy psixologiya", "yosh davrlari psixologiyasi", "shaxs psixologiyasi", "ijtimoiy psixologiyasi", "pedagogik psixologiya" fanlarining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini bilish zarur.


Maxsus kursning umumiy davomiyligi 144 soatni tashkil etadi (ulardan 72 soat-auditoriya mashg‘uloti va 72 soati-mustaqil ishdan iborat), mashg‘ulotlar haftasiga bir marta 4 akademik soat davomida o‘tkazildi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin