III BOB. SHAXS PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMI STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL HOLATINI EMPIRIK TAHLILI 3.1. Psixolog kasbiy faoliyatida psixologik himoya mexanizmining meyoriy namoyon bulish ifodasi...................................................................................95-103
3.2. Pedagog faoliyatida psixologik himoya mexanizmi va koping strategiya faolligini ta’minlaydigan shaxs xususiyatlari................................................103-114
3.3. O‘zbek xalq psixologiyasi (o‘zbek xalq og‘zaki ijodi) shaxsda konstruktiv psixologik himoya mexanizmi shakllanishining muhim manbai sifatida.....114-131
3.4. Psixologik himoyaning tuzilishi va funksional modeli......................131-142
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar................................................................143-144
IV BOB. SHAXSNING KASBIY RIVOJLANISH JARAYONIDA KONSTRUKTIV PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMI SHAKLLANISHINING SAMARADORLIK TAHLILI 4.1. Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish dasturi........................ 144-160
4.2. Shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonida konstruktiv psixologik himoya mexanizmi shakllanishining samaradorlik tahlili...........................................161-185
4.3. Psixologik himoya mexanizmini takomillashuvida koping strategiyasining ahamiyati........................................................................................................186-195
To‘rtinchi bob bo‘yicha xulosalar.................................................................195-196
XULOSA VA TAVSIYALAR...................................................................197-201. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVALAR
KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurligi. Jahonda tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichiga kelib, shaxsning o‘zaro munosabatlar tizimida o‘zini va tashqi dunyoni to‘laqonli anglay olmasligi, o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini adekvat baxolay olmasligi, jamiyat hayotida o‘z o‘rnini munosib topa olmasligi tufayli psixologik himoya mexanizmlariga tayanish insonlar uchun eng samarali va qulay munosabat usullari sifatida hayoti sifati, mazmuniga ta’sir etishi masalalari dolzarblashib bormoqda. Bu borada Amerika psixiatriya assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda insonlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlaridagi buzilishlar, o‘zini o‘zi nazorat qila olmaslik, o‘zini o‘zi boshqara olmaslik, shaxslararo munosabatlardagi salbiy o‘zgarishlar keskin darajada namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligi aniqlangan1. Bunday salbiy tendensiyalar shaxs psixologik taraqqiyotini ta’minlashda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslarini dolzarblashtiradi hamda ilmiy tadqiq etish zaruratini yuzaga keltiradi.Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlarida psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish, kasbiy tayyorgarlik bosqichi va faoliyati doirasida psixologik himoya komponentlarining o‘zaro aloqadorligi, ularni ifoda etish mexanizmi, vaziyat omilining psixologik himoya modelini tanlashdagi ta’siri, psixologik himoyani favqulotda vaziyatlarda namoyon bo‘lishi borasidagi ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada psixologik himoyaning ijtimoiy-madaniy jihatlari va kasbiy munosabatlarda milliy qiyofa va milliy mohiyat tarzida namoyon bo‘lishi, o‘zini o‘zi nazorat qilish orqali tarbiyalash va boshqarish bilan bog‘liq psixologik muammolar diagnostikasi va psixokorreksiyasini amalga oshirish, psixolog mutaxassis faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan masalalariga e’tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda shaxs psixologik savodxonligini tubdan yaxshilash va psixolog kadrlarning jamiyatdagi mavqeini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida ijtimoiy-ma’naviy sohalarga qo‘yiladigan talablar ortib, uning zarur meyoriy-xuquqiy asoslari yaratildi. «Inson qadri uchun» tamoyili asosida inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashda «yoshlarni vatanparvarlik fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash»2vazifalariga asoslanib, shaxsda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslarini ilmiy tadqiq etishni chuqurlashtirishga qaratilgan yangicha nazariy yechimlarni topish uchun mustahkam asos yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida», 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida», 2019 yil 26 apreldagi PF-5712-son «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmonlari, 2019 yil 13 fevraldagi PQ-4190-son «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» Qarori hamda boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.